TALLIMARJON SUV OMBORI



TALLIMARJON SUV OMBORI – Qashqadaryo viloyatidagi yirik gidrotexnika inshooti.Qarshi magistral kanali etagida barpo etilgan. Tallimarjon temir yo’l stantsiyasi yaqinida, Amudaryo va Qashqadaryo o’rtasida suvayirg’ich vazifasini bajaruvchi tekislikda joylashgan. 1965-73 yillarda qurilgan. 1977 yilda qisman, 1985 yil to’liq ishga tushurilgan. Tallimarjon suv ombori Qarshi magistral kanali suvi bilan kuzgiqishki mavsumda 6 oy davomida to’ldiriladi. Uzunligi 14 kilometr, kengligi 5,5 kilometr, o’rtacha chuqurligi 19,8 metr, qirg’oq chizig’i uzunligi 36 kilometr, maydoni 77,4 kilometr kvadrat, umumiy hajmi 1,53 milliard metr kub, foydali ish hajmi, 1,4 milloard metr lib. Tallimarjon suv omborining asosiy inshootlari majmui 1 va 2-tuproq to’g’onlari, nasos stansiyasi, suv oqib keladigan va chiqib ketadigan kanal, drenaj, nasos styasidan iborat. Suv qudratli elektr nasoslari orqali 26,6 metr balandlikkacha ko’tarilib beriladi. Qarshi cho’lida o’zlashtirilgan qo’riq erlarni suv bilan ta’minlaydi. Sug’orish mavsumida omborda to’plangan suv qarshi magistral kanaliga suv o’tkazish imkoniyati 360 m3/sek. bo’lgan suv chiqargich orqali beriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz