TALLIMARJON ISSIQLIK ELEKTR STANTSIYASI – O’zbekistonda qurilayotgan yirik issiqlik elektr stantsiyalaridan biri. “Uzbekenergiya” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi Nuriston shaharchasida, Tallimarjon suv omboridan 7 kilometr uzoqlikda joylashgan. Stansiya qurilishi 1988 yil yanvarda boshlangan. Loyiha quvvati 3200 MVt (800 MVt li 4 energoblokli). 1-energobloki 2004 yil oxirida ishga tushiriladi. Asosiy yoqilg’i turi — tarkibida oltingugurt kam bo’lgan Sho’rtan gaz konidan olinadigan tabiiy gaz. Tallimarjon issuqlik elektr stansiyasi viloyatdagi gaz konlari, suv xo’jaligi ob’yektlari va boshqa iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish