TALL MOYI



TALL MOYI, tallol — qora tusli qovushoq suyuqlik. Zichligi 960-990 kg/ M1; 30-50% smola kislotalari, 35— 55% yog’ kislotalari (olein, linolen va boshqalar), 8-20% neytral moddalar, 4-10% petroley efirida erimaydigan (oksidlangan) moddalar, 8% gacha suv va bir oz mikdorda badbo’y hidli aralashmalardan iborat. Sulfatli sovunni qayta ishlab hosil qilinadi. Tall moyi emulgatorlar, alifmoy, sikkativlar, linoleum, alkid smolalar, sovun ishlab chiqarish.da qo’llanadi. Tall yog’kislotalari lokbo’yoq sanoatida, oziqovqat yog’i o’rnida ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz