TALEYRAN (Taleyran — Perigor) (Talleyrand Perigord) Sharl Moris (1754.13.2 Parij 1838.17.5) frantsuz diplomati, 1797-99 yillar (Direktoriya davrida), 1799-1807 yillarda (konsullik va Napoleon I imperiyasi davrida), 1814-15 yillar (Lyudovik XVIII davrida) tashqi ishlar vaziri. 1814-15 yillardagi Vena Kongressida frantsuz delegatsiyasi rahbari. 1830-34 yillarda Londonda elchi. Eng buyuk diplomatlardan biri, nozik diplomatik “o’yinlar” ustasi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish