Талдыкорган
Taldiqoʻrgʻan — (qozoqcha: Талдықорған) Almati viloyatining markazi. Aholisi 130 797 kishi. Qozogʻiston Respublikasi janubiy-sharqida Jetisuv Olatogʻining gʻarbida joylashgan. Markaziy Osiyo, Rossiya davlatlariga qatnaydigan aeroport, temir yoʻl stansiyasi bor. Taldiqoʻrgʻan shahridan Astana shahrigacha oraliq masofa 758 km, Almatigacha 279 km.
Taldiqoʻrgʻanda akkumulyator, meva, konserva zavodlari; tikuvchilik, poyabzal, mebel fabrikalari, qurilish materiallari kombinati, pedagogika institut, tarixoʻlkashunoslik muzeyi, teatr bor. Aeroport, avtovokzal ishlab turibdi.
Tarixi
19-asrning 2-yarmida Gavrilovka qishlogʻi (1920-yildan Taldiqoʻrgʻan) oʻrnida vujudga kelgan. 1930-yildan Qozogʻistonning Olmaota okrugi, Toldiqoʻrgʻon tumani markazi. 1967-yildan — 1998-yilgacha Toldiqoʻrgʻon viloyati markazi boʻlgan.
Aholisi
Shaharning milliy tarkibi 2010 yil 1-yanvargi.
Ijtimoiy soha
Madaniyat va maorif sohasi
Shaharda S.Seyfullin nomli shahar kutubxonasi, shahar bolalar kutubxonasi, V.Mayakovskiy nomli kutubxona, M. Tinishpaev nomli muzeyі, І. Jansugirovning adabiy muzeyi, І. Jansugirov nomli madaniyat uyi. Shuningdek, І. Jansugirov nomli Jetisuv davlat universiteti, tibbiyot kolledjі, Q. Bayseitov nomli musiqa kolledji, iqtisodiy-texnik kolledj, 3 kasbiy-texnik litsey va maktablar, umumiy bilim beruvchi 22 maktab faoliyat yuritadi.
Tibbiyot sohasi
Shahar shifoxonasi, shahar kordiologiya markazi, sanitar-epidemiologik stansa, viloyat onkologiya dispanserі, ayollarga shifokorlik yordam beruvchi markaz, viloyat kasalxonasi, viloyat bolalar kasalxonasi, yuqumli kasalliklar kasalxonasi, tuberkulez dispanserі, viloyat narkologiya dispanserі, shahar tez yordam stansasi, shahar qon markazi va boshqalar aholiga xizmat koʻrsatmoqda.
Iqlimi
Shahar iqlimi kontinental, Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −11 — 13 °C, iyulda — 22-24 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori — 350 — 400 mm. Uning asosiy qismi mart-may va noyabr-dekabr oylariga toʻgʻri keladi. Yiliga 50 kungacha qurgʻoqchilik boʻladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org