TAKTAK



TAKTAK (Hordeum bulbosum Torn.), xarduma, tog’arpa — boshokdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tsimon o’simlik, begona o’t. Bo’yi 50-190 santimetr. Boshog’i 6-13 santimetr, eni 6-7 millimetr, qalami, mo’rt. Ostki gul qipig’ining qiltigi 4— 6 santimetr, Taktakning yer osti qismi kichikroq piyozga o’xshash tuganak hosil qiladi. May—iyun oylarida gullab, meva tugadi. Adir va tog’yonbag’irlarida, vohalardagi g’alla ekinlari orasida va marzalarda, yo’l yoqalarida o’sadi. Pichanbop o’simlik hisoblanadi. Ba’zan doni oziq-ovqat uchun ishlatiladi. Poyasi tez dag’allashgani va serqiltiqligi tufayli boshoqlagunga qadar o’rib olinadi. O’zbekistonning barcha viloyatlarida tarqalgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz