TAKSON



TAKSON — o’zaro qarindoshlik munosabatlari bilan bog’langan va boshqa guruhlardan alohidalangan muayyan taksonomik kategoriyalar: tur, urug’, oila va b.ga mansub bo’lgan organizmlar guruhi. Takson muayyan biologik ob’ektlarga tegishli bo’lishi bilan taksonomik kategoriyalardan farq qiladi. Masalan, “kitsimonlar” yoki “umurtqalilar” tushunchalari tasnif qilinishi lozim bo’lgan organizmlar guruhini bildiradi. Shunday qilib, “tur”, “oila” va boshqalar Takson bo’lolmaydi, lekin muayyan tur, masalan, oddiy qarag’ay, uy pashshasi Takson hisoblanadi

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz