TAKRORLASH
TAKRORLASH (psixologiyada) — muayyan bilimlar, materiallar, aqliy harakatlarning esga tushirilishi va o’zlashtirilishiga imkon beradigan jarayon. Takrorlash matndagi so’zlarning ma’nosiga qarab ular o’rtasida fikriy aloqalar o’rnatish, narsa va hodisalar mohiyati ichidan yangi munosabatlarni ochish, u yoki bu faoliyat usullarini inson tomonidan faollashtirish vositasi hisoblanadi. Takrorlashning boshqa bir vazifasi harakat, ko’nikma va malakalarni yuzaga kelgan vaziyatlarga binoan turlicha mezonlar bo’yicha takomillashtirish sanaladi. Takrorlash yuzasidan maxsus tanlangan mashklarni bajarish, aqliy harakatlardan foydalanish o’zgaruvchan sharoitlarda ham ijobiy natijalarga erishishni ta’minlaydi. Takrorlash natijasida shaxs fikr-mulohazalarini umumlashtirish, yaxlitlash, anglash xususiyatiga ega bo’ladi. Harakat, ko’nikma, malaka va mashklarni ko’p marotaba Takrorlash evaziga ular avtomatlashish imkoniyatiga erishadi. Takrorlashda matnni yaxlit, sidirg’asiga, qismlarga ajratib, rejaga asoslanib, materiallar ichidan ma’nodosh so’zlarni tanlash, uzluksiz mashq qilish vositasi bilan aloqa, munosabat o’rnatiladi. Takrorlashning samaradorligi ko’p jihatdan ma’noli yoki ma’nosiz materiallarga, ularning oson yoki murakkabligiga, shaxening kayfiyatiga, qiziqishiga, intilishiga, yosh xususiyatiga bog’liq. Ergash G’oziyev.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz