TAKROR ISHLAB CHIQARISH – sarflangan ishlab chiqarish. omillari (tabiiy zaxiralari, ishchi kuchi va ishlab chiqarish. vositalari)ni kayta ishlab chiqarish. yo’li bilan tiklash. Uning o’zgarmas ko’lamda qaytarilib turishi oddiy takror ishlab chiqarish. xisoblanadi. Agar shu jarayon yangidan kengaytirilgan ko’lamda takrorlansa kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deyiladi. Oddiy takror ishlab chiqarish.da foydalanilayotgan ishlab chiqarish. omillari, shu jumladan, kapital va mehnat hajmi, muayyan muddat davomida o’zgarmaydi. Bu omillarning ilgarigidek unumdorligi natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori kamaymaydi (aks holda toraygan ishlab chiqarish. paydo bo’ladi) ham, ko’paymaydi ham. Kengaytirilgan Takror ishlab chiqarishda, boshqa hamma sharoitlar bir xil bo’lgan hodda, ishlab chiqarish. omillari hajmining o’sishi ishlab chiqarishning va ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining o’sishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning bir yoki bir necha omillarining ko’payishi hisobiga yuzaga keladigan kengaytirilgan Takror ishlab chiqarish. uchun, odatda, qo’shimcha kapital qo’yilmalar talab etiladi (ishlab chiqarishga investitsiya jalb etiladi). Iqtisodiy taraqqiyot faqat kengaytirilgan Takror ishlab chiqarish. bo’lgandagina yuz beradi. Butun jamiyat miqyosida yalpi ichki mahsulotni (YAIM) kengaytirilgan Takror ishlab chiqarish oldingi davrda jamg’arma uchun ishlab chiqarilgan YaIMning bir qismidan foydalanishni taqozo etadi. Mamlakatning tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiiy resurslari uning milliy boyligining bir qismi hisoblanadi. Tiklanadigan boyliklar — o’rmonlar, baliq zaxiralari, qishloq xo’jaligi. yer maydonlari va boshqalardir. Bu tabiiy zaxiralar, odatda, uzoq muddatli Takror ishlab chiqarish takror hosil bo’lish tsikliga egaligi bilan ajralib turadi. Ko’pgina foydali qazilmalar — neft, toshko’mir, boksit, temir rudasi tiklanmaidigan zaxiralarga kiradi. Shuning uchun ulardan tejamkorona va samarali foydalaniladi. Demografiyada ” Takror ishlab chiqarish.” tushunchasi aholi sonining tiklanishi jarayon larini tavsiflash uchun qo’llaniladi. Shartli ravishda 2 ta bolali oila oddiy T.ishlab chiqarishni, 3 ta va undan ko’p bolali oilalar kengaytirilgan Takror ishlab chiqarishni bildiradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Takror ishlab chiqarish — bu ishlab chiqarish jarayonida bir xil yoki o‘xshash mahsulotlarni doimiy va ketma-ket qayta ishlab chiqarish usuli. Bu turdagi ishlab chiqarish ko‘pincha sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llaniladi. Takror ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarning soni ko‘p bo‘ladi va ular bir hil texnologik ketma-ketlik asosida tayyorlanadi.
Takror ishlab chiqarishning xususiyatlari:
Masshtablilik — mahsulotlar katta hajmda ishlab chiqariladi.
Standartlashtirish — mahsulot detallarining o‘lchamlari, sifati va texnologik protseduralari bir xil bo‘ladi.
Avtomatlashtirish — ishlab chiqarish jarayoni avtomatik moslamalar yordamida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish tsikli qisqaradi — mahsulot tayyorlash uchun vaqt ancha kamayadi.
Mahsulotlar seriyasi — bir xil turdagi mahsulotlarning katta seriyasi ishlab chiqariladi.
Takror ishlab chiqarish turlari:
Doimiy ishlab chiqarish — mahsulotlar doimiy ravishda ishlab chiqarilib, uzluksiz ishlab chiqarish liniyasida tayyorlanadi (masalan, neftni qayta ishlash zavodlari, avtomobil yasaladigan zavodlar).
Partiyaviy ishlab chiqarish — mahsulotlar ma’lum bir sondagi partiya bo‘lib ishlab chiqariladi va keyinchalik yangi partiya tayyorlanadi (masalan, kiyim-kechak, mebel ishlab chiqarish).
Afzalliklari:
Ishlab chiqarish samaradorligi oshadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi.
Standart sifat ta’minlanadi.
Ish jarayoni avtomatlashtiriladi.
Kamchiliklari:
Moslashuvchanlik past bo‘lib, yangi mahsulotlar yoki dizaynga tez o‘tish qiyin.
Katta miqdorda tayyor mahsulot zaxirasi talab qilinishi mumkin.
Xulosa:
Takror ishlab chiqarish sanoatning ko‘plab tarmoqlarida keng qo‘llanilib, mahsulotlar ishlab chiqarishning samarali va iqtisodiy usuli hisoblanadi. Ushbu usul yordamida yuqori sifatli, standartlashgan mahsulotlar tez va kam xarajat bilan ishlab chiqarilishi mumkin.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish