TAKOMILLASHMAGAN ZAMBURUG’LAR
TAKOMILLASHMAGAN ZAMBURUG’LAR (Deuteromycetes yoki Fungi imperfecti) — shoxlangan ko’p hujayrali miseliyli yuksak (haqiqiy) zamburug’lar sinfi. Hayot tsikli gaploid fazada o’tadi. Vegetativ va konidiyalar (sporalar) orqali jinssiz ko’payadi. Ko’p Takomillashmagan zamburug’lar miseliy iplari birikib, geterokarionlar — genetik xar xil sifatli yadrolar hosil qilish va bu yadrolarni o’zaro almashish xususiyatiga ega. Natijada gaploid holatdagi xususiyatlar qayta o’zgaradi va tur ichida yangi shakllar vujudga keladi. Takomillashmagan zamburug’larning tabiatda keng tarkalgan 30 mingga yaqin turi bor. Ular moddalar aylanishida muhim rol o’ynaydi — tuprokda ko’payib, o’simlik va hayvon qoldiqlarini parchalaydi. Bir qancha Takomillashmagan zamburug’lar o’simliklarda parazitlik qiladi; ba’zilari oziq-ovqat va boshqa narsalarni motor bostiradi. Penisill va Aspergillardan antibiotiklar olinadi. 4 tartibi — gafomisetlar, melankoniallar, steril miseliylar va sferopsidallar mavjud.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz