TAKATOSH RASMLARI – Molguzar tog’ining shim. yon bag’ridagi Takatosh dara qoyatoshlariga o’yib ishlangan tasvirlar. 1956 yilda A. Muhammadjonov tomonidan topilgan; 1970-71 yillarda arxeolog A. Kabirov tomonidan o’rganilgan. 1000 dan ortiq rasmlar jez davrining so’nggi davri (2 ming yillik 2-yarmi — 1-ming yillikning boshi)ga mansub (keyingi davrlarda ishlanganlari ham bor), tosh, jez va temir buyumlar bilan urib, sxematik, kontur, soya uslubida bezakli kilib o’ziga xos ishlangan. Takatosh rasmlarida qurollangan kishilarning yovvoyi hayvonlarni ov qilishi, diniy marosimlar ijrosi haqida turli manzaralar, ko’plab odamlar, yovvoyi va uy hayvonlari, turli buyumlar tasvirlangan. Takatosh rasmlari ibtidoiy va qadimgi san’atning nodir namunasi, shuningdek, muhim madaniy va tarixiy manba sifatida qimmatlidir.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish