TAJOHULI ORIFONA



TAJOHULI ORIFONA (Arabcha bi lib turib bilmaslikka olish) — mumtoz she’riyatda o’xshatish usullaridan biri; shoir o’xshatish manbaini kuchaytirib, bo’rttirib ko’rsatish maqsadida o’sha manbaga (odatda yorga, mahbubaga) nisbatan bir yoki bir necha o’xshatish qo’llaydi, lekin go’yo o’zini nodon kishilarcha tutib, o’zini bilmaslikka solib, ushbu o’xshatishlarining to’g’ri-noto’g’riligi haqida boshqalardan so’raydi. Aslida esa shoirning o’zini bilib bilmaslikka solishi shartli bo’lib, uning o’xshatishlarida kamchilik, xatolik yo’q; uning asl maqsadi yor qiyofasini mubolag’ali tavsifu o’xshatishlar asosida kishi ko’z o’ngida aniq gavdalantirishdan iboratdir. Masalan, Lutfiyning Malak yo hur, bilmom, yo parisan? Bu raftor ila yo kabki dariysan? baytida shoir ma’shuqa siymosini malak, hur, parilarga, uning yurishini esa kabki dariy (kaklik turi) yurishiga o’xshatadiyu, o’zini bilmaslikka solib, ayni qaysi o’xshatish to’g’riligini bilmaganday, bu haqda so’rab ko’radi. To’g’ridanto’g’ri o’xshatishga nisbatan bu xil yashirin o’xshatish, qiyoslash baytning ta’sirchanligini oshiradi, o’quvchiga zavq bag’ishlaydi. Tajohuli orifona san’ati ko’pincha g’azalning matlasidan maqtasigacha davom ettiriladi, ya’ni barcha baytlar shu san’at asosida yoziladi. Masalan, Atoiyning Mengiz yo ravzai rizvonmidur bu? Og’iz yo g’unchai xandonmidur bu? bayti bilan boshlanadigan g’azali oxirigacha shu san’atga asoslanib yaratilgan. Tajohuli orifona san’ati mumtoz she’riyatimizda keng qo’llangan bo’lib, undan deyarli barcha shoirlar foydalanganlar. Ad.: Hojiahmedov A., Mumtoz badiiyat malohati, T., 1999.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

"TAJOHULI ORIFONA" atamasi o‘zbek tilida noaniq yoki aniq tushuncha bermasligi mumkin, chunki u umumiy yoki keng tarqalgan fraza emas. Lekin uni ikkiga ajratib tushuntirish mumkin:

  1. "Tajohul" arabcha so‘z bo‘lib, "bilmaslik", "e’tiborsizlik", "yo‘qoto‘r bo‘lish", "beparvolik" kabi ma’nolarni anglatadi. Bu so‘z odatda islom adabiyotlarida yoki falsafiy matnlarda ishlatiladi va ma’lum bir haqiqatni yoki vaziyatni bilmaganlik, sezmaganlik holatini ifodalaydi.

  2. "Orifona" so‘zi "orif" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, "donolik", "bilimdonlik", "ma‘rifatli", "fahmli" kabi ma’nolarni bildiradi. "Orif" so‘zi arab tilidan bo‘lib, odatda haqiqatni, Allohning sirlarini anglay oladigan, ruhiy tafakkurga ega bo‘lgan kishini ifodalaydi.

Shunday qilib, "Tajohuli Orifona" birlashtirilganda, "orifona" (donolik bilan) amalga oshirilgan "tajohul" (bilmaslik) degan ma’noni berishi mumkin. Ya’ni, bilgan holda ko‘rmaslik, bilgan holda beparvolik qilish yoki ataylab sezmaslik degan mazmun tug‘ilishi mumkin.

Agar bu ibora ma’lum bir madaniy, adabiy yoki falsafiy kontekstda ishlatilayotgan bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumot bilan izohlash mumkin. Iltimos, agar ma’lum bir matn yoki kontekst haqida gapirayotgan bo‘lsangiz, shu haqda ma’lumot bering, shunda yanada batafsil yordam bera olaman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz