TAJNIS



TAJNIS (Arabcha — o’xshash, shaklan o’xshash, hamjins, xamshakl) — og’zaki va yozma adabiyotdagi badiiy san’atlardan. Tajnisda omonimlar nozik so’z o’yinlarini ishlatishga imkon beradi. Sharq badiiyot ilmida Tajnisni lafzdoshlik darajasi va imlosiga qarab bir necha turlarga ajratganlar. Agar Tajnis birikma lafzdoshligiga asoslangan bo’lsa “tajnisi murakkab” (Masalan: yoqildi — yo qildi, yozaman—yoza men), agar Tajnisning tuzilishi bir xil bo’lib, yozilishi har xil bo’lsa “tajnisi lafz” deb atalgan. O’zbek adabiyotida Tajnisni she’riy san’at sifatida ishlatishning 7 turi borligi qayd etilgan. U, ayniqsa, yozma she’riyatning deyarli barcha janrlarida badiiylikni yuzaga keltirish, so’z o’yinlari qosil qilish, so’z ma’nolarining xilma-xil tovlanishlarini namoyish qilish maqsadlarida qo’llangan. Mumtoz she’riyatda qofiyalarida Tajnisli (omonimli) so’zlar ishlatilgan nomalar, g’azallar, qitalar, tuyuqlar, fardlar ko’p. Shoirlar she’rda, misra yoki baytda bir-biriga shaklan o’xshash, jinsdosh so’zlarni turli ma’nolarda qo’llashib, chiroyli Tajnislar yaratganlar. Ayniqsa, Tajnis turkiy xalqlar she’riyatining o’ziga xos janrlaridan biri bo’lgan tuyuqlarda keng qo’llangan. Bo’ldi chun umring kunining vaqti tush, Nafsi sargasht otini ko’p chopma, tush. Hobgoh etgil qanoat manzilin, Yo’qsa hargiz ko’rmagingdir rost tush. (Ogahiy). Birinchi misradagi “tush” kunning tush paytini, kishi umrining o’rtasini; ikkinchisi otdan tush—yoshingni o’ylab ish qil, insofga kel; uchinchisi uyquda tush ko’rmoq ma’nolarida ishlatilgan. Tajnisli qofiyalar tuyuqning janr komponentlaridan biridir. Bobur ijodidan boshlab 2 misrasida Tajnis so’zlar qofiya bo’lib keluvchi farqlar ham yaratila boshlagan. Tajnis 15-asr o’zbek she’riyatida Yusuf Amiriy, Lutfiy, Navoiy yaratgan tuyuqlarda keng qo’llanilgan. Uning san’at sifatidagi namunalari Bobur, Ubaydiy, Munis, Uvaysiy, Komyob, Ogahiy, Amiriy, Rojiy Marg’iloniy she’riyatida ham uchraydi. Keyinchalik: Habibiy, Charxiy, G’afur G’ulom, Vosit Sa’dulla va boshqalar. Tajnislarning original turlarini topishib, she’riyatga kiritdilar. Tajnis xalq og’zaki ijodida ham badiiylikni yuzaga keltirish omillaridan biri bo’lib kelgan. Ad.: Rahmonov V., She’r san’atlari, Leninobod, 1972; Rustamov A., Navoiyning badiiy mahorati, T., 1979; Orzibekov P., Tuyuq: lirikada kichik janrlar, T., 1976. Rahmonqul Orzibekov.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Tajnis — bu adabiyotshunoslik va tilshunoslikda qo‘llaniladigan atama bo‘lib, bir xil yoki o‘xshash tovushlar, so‘zlar yoki ifodalarning ma’nosi va talaffuzi jihatidan uyg‘unlashuvini anglatadi. Tajnis odatda she’riyatda ko‘p uchraydi va u yordamida so‘z o‘yini, ma’no kengayishi yoki teranlashtiriladi.

Tajnis so‘zi arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, ma’nosi «moslik», «uyg‘unlik» demakdir. O‘zbek adabiyotida tajnis ko‘proq so‘z o‘yinlari va ma’noni boyitishda xizmat qiladi.

Tajnisning turlari

  1. To‘liq tajnis — ikki yoki undan ortiq so‘zlarning talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo ularning ma’nolari turlicha bo‘ladi. Masalan:
    • Ko‘z (organ) — ko‘z (darvoza ko‘zi)
  2. Qisman tajnis — so‘zlarning faqat bir qismi o‘xshash bo‘ladi. Masalan, «kitob» va «kitobxon» so‘zlari.

Tajnisning adabiyotdagi roli

Misol

Mashhur o‘zbek shoirlari, jumladan Aliqahhor, Mashrab, Alisher Navoiy asarlarida tajnisdan keng foydalanilgan.

Xulosa

Tajnis — bu til va adabiyot boyligimizning bir qismi, so‘zning turli ma’nolari va talaffuzlaridan kelib chiqib, san’atkorona ifodani kuchaytiruvchi vosita hisoblanadi. Tajnis yordamida matnlarda so‘z o‘yini, ma’no qatlami va estetik ko‘rinish yuzaga keladi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz