TAJIMURATOVA AYSULU
TAJIMURATOVA AYSULU (1948. 16.11, Kegeyli tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2001). Nukus pedagogika institutini tugatgan (1971). 1971 yildan Nukus shahridagi 4-maktabda, 1992 yildan 37-litseyda kimyo-biologiya o’qituvchisi. Darsni texnik vositalardan, ko’rgazmali kurollardan foydalangan holda davlat ta’lim standartlari talablari asosida tashkil etadi. II darajali “Sog’lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan (1997).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz