TAHRIR HAY’ATI — bosma nashrlar (gazeta, jurnal, ilmiy kitob, entsiklopedik nashr va boshqa asarlar)ni tayyorlashga ilmiy-metodik rahbarlikni amalga oshiruvchi organ. Tahrir hay’ati nashr faoliyati bilan bog’liq eng muhim masalalarni hal qiladi. Tahrir hay’ati, odatda, nashr muassislari, rahbarlari tomonidan tuziladi. Davlat ahamiyatiga molik muhim nashrlar Tahrir hay’ati davlat rahbari tomonidan tasdiqlanadi va o’z nizomiga muvofiq ish yuritadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish