TAGOR RABINDRANAT



TAGOR RABINDRANAT (Thakur Robindranath; 1861.7.5 — Kalkutta — 1941.7.8) — hind yozuvchisi va jamoat arbobi. Bengal tilida ijod qilgan. Kalkutta va London untlarida o’qigan (1878-80). Angliyada chiqadigan “Gya-nankur” va “Bharati” jurnalilarida dastlabki she’r, Doston va makrlalari bosilgan (1875 yildan). Vataniga qaytgach (1880), “Valmika dahosi” (1881) musiqali dramasini yozgan. Ilk she’riy tuplami — “oqshom qo’shiqlari” (1882) panteistik ruvda. “Tabiat intiqomi” (1883) pesasi, “tonggi qo’shiqlar” (1883), “suratlar va qo’shiqlar” (1884) she’riy to’plamlarida pok muhabbat ulug’langan. “Bibha sohili” (1883) va “donishmand Raja” (1886) tarixiy romanlarida zulm va adolatsizlik qoralangan. Tagor 1884-1911 yillarda “Brahma Samaj” diniy-ma’rifiy jamiyatining kotibi vazifasida ishlagan. Hindiston Milliy Kongressining 2kongressi (1886) ishlarida faol qatnashgan. Uning “Chitra” (1896), “Lahza” (1900) she’riy to’plamlari, “Raja va raniy” (1889), “qurbonlik” (1890), “Chitrangoda” (1892), “Malini” (1895) falsafiy dramalari va “hisoblar” (1891), “jazo” (1893), “Nur va soyalar” (1894) kabi hikoyalarida hind xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashi tasvirlangan. “Shadhoda” jurnali ida siyosiy va ijtimoiy maqolalari chop etilgan. Kalkutta yaqinidagi Shantiniketonda maktab ochib, o’qituvchilik qilgan. 20-yillarda Vishvabg’arati untiga asos solgan. “Ko’zga tushgan cho’p” (1902), “halokat” (1905) romanlari va “buzilgan uya” (1903) qissasi bilan Bengal adabiyotida maishiypsixologik roman janrini boshlab berdi. 1902 yil Tagorning xotini, otasi, o’g’li olamdan o’tadi. Uning bu musibat va iztiroblari “Xotira” (1903), “farzand” (1903), “parom” (1906) she’riy to’plamlarida aks ettirilgan. “Gora” romani (1907-10), “qasos” (1905) dramasi va “pochta” (1912), “konservatizm qal’asi” (1912) pyesalarida Tagor Hindistondagi barcha millat vakillarini, ular qaysi tabaqa va diniy mazhabdan bo’lishidan qat’i nazar, ozodlik uchun kurashda yagona ittifoqqa birlashishga da’vat etadi. Uning “Xalq qalbi” nomli qo’shig’i (1911) Hindiston Respublikasining, vatanparvarlik haqidagi “mening oltin Bengaliyam” qo’shig’i (1913) esa Bangladesh Xalq Respublikasining milliy gimniga aylangan. “Gitanjali” (“Baxshida qo’shikdar”, 1910) she’riy to’plami uchun unga nufuzli mukofot berilgan. “Turnalar parvozi” (1914-16) she’riy turkumi shoirning G’arb mamlakatlariga qilgan safari, 1-jahon urushi va insoniyat taqtsiri haqidagi o’ylarini aks ettirgan. “To’rt hayot” (1916) qissasi, “Xonadon va jahon” (1915-16) romani milliy ozodlik harakati voqealariga bag’ishlangan. 30-yillarda T.ning siyosiy qarashlari yanada o’sadi, u o’z ijodida milliy ozodlik harakatiga e’tibor qaratadi. Bu davrda “intiho haqida Doston” (1929), “to’rt qism” (1934) romanlari, “yaproqlar” (1936), “tungi sham” (1938), “so’nggi she’rlar” (1941) she’riy to’plamlari nashr etildi. Tagor 30-yillarda badiiy asarlar bilan bir qatorda ko’plab darsliklar, falsafa va din bo’yicha ilmiy risolalar yozdi, milliy ozodlik harakati masalalarini adabiyotda yanada kengroq yoritishga katta e’tibor berdi, hind she’riyatida yangi siyosiy janrni yaratdi (“Afrika”, 1936; “Budda ixlosmandlari”, 1937 va boshqlar). Tagor ijodi, hozirgi Bengal adabiy tilining shakllanishida, she’riyatning yangi shakl va mazmun bilan boyishida xal kiluvchi rol o’ynagan. U o’z she’rlariga musiqa bastalab, ommaviy qo’shiqpar yaratgan. Asarlari jahonning ko’p tillariga tarjima qilingan. Tagorning “halokat” romani asosida tayyorlangan “Gang daryosining qizi” dramasi (1956) va “pochta” pyesasi (1961) hozirgi O’zbek milliy teatrida sahnalashtirilgan. “Uzbekfilm” kinostudiyasi “Gang daryosining qizi” filmini yaratgan (1961). 8 jildli asarlar to’plami (1958-65) o’zbek tilida nashr etilgan. Nobel mukofoti laureati (1913). Ad.: Hoshimov I., Rabindranat Tagor (hayot va ijodiy yo’li), T., 1961; ko’zga tushgan cho’p, T., 1973. Sa’dulla Yo’ldoshev, Ulfatxon Muhibova.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz