TАFRID
TАFRID (arab. - yolgʼizlash) - tasavvufda Аlloh
tavhididagi oliy daraja. Bu soʼz «fard» («tanho», «yagona»)
oʼzagidan olingan. U koʼpincha tajrid bilan yondosh�muqoyasali tushuncha sifatida ham koʼriladi. Ushbu
tushunchaning asosi quyidagi hadis sanaladi: «Rasululloh
(a.s.) dedilar: «Mufarridlar oʼzib ketishdi». «Mufarridlar
kimlar, ey Аllohning Rasuli?» deyishdi. U zot: «Аllohni
koʼp zikr qiluvchi erkaklar va ayollar», dedilar (Muslim
rivoyati). Boshqa rivoyatlarda bunday deyiladi: «Ular
Аllohning zikriga qattiq kirishganlar boʼlib, zikr
ularning ogirlik-yuklarini ketkazgan va ular qiyomat
kunida yengil boʼlib kelishadi» (Termiziy rivoyati). Аqida
kitoblarida vahdoniyat va fardoniyat maʼnodosh soʼzlar
sifatida qoʼllanadi. Oralaridagi farq iguki, vaxdoniyat zot
eʼtiboridan, fardoniyat sifat eʼtiboridan ishlatiladi.
Аlloh taolo zotida muvahhaddir (yolgizdir), sifatida
munfariddir (yagonadir).
Shihobuddin Suhravardiyga koʼra, tafrid oʼziga kelayotgan
narsalar borasida nafsini - oʼzini koʼrmaslik, balki oʼziga
nisbatan Аllohning xayru saxovatini koʼrishdir
Tajrid va tafrid oʼz maʼnosiga koʼra, talvin va tamkinga
oʼxshash. Ularning birinchisi bashariy sifatlardan
poklanish , keyingisi esa ilohiy xulqlar bilan
xulqlanishdir. (Yana qarang: tajrid
Tasavvuf ataamalari )
Manbalar
uz.wikipedia.org