“TADBIRKORBANK”
“TADBIRKORBANK” – O’zbekistondagi yirik aktsiyadorlik tijorat banki. 1993 yil 7 yanvarda “O’zdehqonsanoatbank” negizida tashkil etilgan. Boshqaruvi Toshkent shahrida. Bankning yirik ta’sischilari: “Biznesfond”, “madad” sug’urta agentligi va boshqalar. Jismoniy va yuridik shaxslardan iborat aktsiyadorlari 24 mingdan ortiq. “Tadbirkorbank” keng tarmokli universal banklardan biri bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va barcha viloyatlarda 13 ta filiali, respublika (Toshkent shahri) va viloyatlar markazlarida amaliyot bo’limlari, 69 tuman bo’limi, tuman bo’limlari qoshida 42 minibank ishlaydi (2003). Bank faoliyatining asosiy yo’nalishi — qishloqda tadbirkorlik va mulkchilikning yangi shakllarini rivojlantirishni moliyaviy qo’llabquvvatlashdan iborat. “Tadbirkorbank” respublika qishloq xo’jaligi. korxonalariga — dehqon va fermer xo’jaliklariga, shaxsiy yordamchi xo’jalik egalariga, kooperativlarga, qishloq xo’jaligi. mahsulotlarini qayta ishlovchi xususiy korxonalar va firmalarga turli bank xizmatlari ko’rsatadi. Bundan tashqari, bank kreditlar jalb etish va berish, mijozlar va muxbir banklarning hisobvaraklarini yuritish, pul jamg’armalarini qabul qilish va joylashtirish, to’lov hujjatlari va boshqa qimmatli qog’ozlarni sotib olish, sotish va saklash, faktoring va lizing xizmatlari ko’rsatishni amalga oshiradi. Bank mamlakatimizda kichik va o’rta biznes, xususiy tadbirkorlik etakchi rol o’ynaydigan ko’p ukladli iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga hissa qo’shib kelmoqda. “Tadbirkorbank” tomonidan kichik va o’rta biznes sub’yektlariga qishloq xo’jaligi. texnikasi va minitexnologiyalar, ehtiyot qismlar olish uchun lizing xizmatlari ko’rsatishni kengaytirish, kichik va o’rta biznes sub’eklarini kreditlashda eksportbop yoki import o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga, mahalliy xomashyoni qayta ishlash hisobiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish. bilan bog’liq bo’lgan loyihalarga asosiy e’tiborni qaratmoqda. 2003 yilda 41 mingdan ortiq mijozlarga xizmat ko’rsatdi. Bankning ustav kapitali 2,2 milliard so’m, o’z kapitali 3,85 million so’m, berilgan kreditlar 12,1 milliard so’m, yillik fonda 642,7 million so’m, jami aktivlari 33,4 milliard so’m, zaxira kapitali 507,3 million so’m (2003). Keldiyor Tursunov.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz