TABULYATOR



TABULYATOR (lotincha tabula — jadval, yozuv) — elektr mexanik raqamli hisoblash mashinasi; bunda perforatsion lentalarga belgilangan son va raqamli axborotlar avtomatik tarzda ishlanadi, hisoblash natijalari qog’oz lenta yoki maxsus xos qog’ozga yoziladi. Tabulyator tarkibiga: boshqarish qurilmasi, perfokartalardagi axborotlarni kiritish qurilmasi; axborotni “bosish” yoki perfokartaga chiqarish qurilmasi kiradi. Tabulyator mashina-hisoblash stansiyasining asosiy texnologik jihozi hisoblanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz