TABIN BOGDO O’LA – Oltoy tog’larining Janubi sharqidagi tog’massivi. RF, MXR va Xitoy chegarasida, Argut daryosi havzasining yuqori qismida joylashgan. Eng baland joyi 4356 metr (Nayramdal tog’i). Kam parchalangan, bir necha baland va o’tish qiyin bo’lgan dovonlar mavjud. Tabin Bogdo O’la Oltoydagi muzlik markazlaridan biridir (jami muzlik maydoni 160 kilometr kvadrat). Qadimgi va hozirgi zamon muzliklari ishi natijasida kelib chiqqan relef shakllari (Karr, tsirk, Trog, morena uyumlari) va qoyalar mavjud. Tog’massivi gersin burmalanishi davrida shakllangan. Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, davomli, yozi salqin, qisqa, yog’ingarchilik kam. Tog’ etaklarida past bo’yli qayinlar o’sadi, balandroq joylari yaylov, undan yuqorida tog’tundralari, tosh chochmalari mavjud. Janub yon bag’rining Daryo (Kobdo, Manas) havzalarida tilog’och o’rmonlari bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish