Sa’dixon Tabibullayev — sovet teatr va kino aktyori.
1906 yil Buxoroda tug‘ilgan. Buxoro pedagogika bilim yurtini bitirgan, havaskor to‘garakning faol qatnashchisi bo‘lgan. 1924-1927 yillar Moskvadagi o‘zbek drama studiyasida o‘qigan. 1927 yildan Samarqand truppasi (keyinchalik Hamza nomidagi teatr) safiga kirgan. 1943 yildan kinoda chiqishni boshlagan. Lavha rollar ustasi.
2000 yil vafot etgan.
Teatrdagi rollari
• F. Shillerning “Makr va muhabbat”idagi Vurma
• V. Shekspirning “Hamlet”idagi Ozrik
• Oybekning “Qutlug‘ qon”ida Mirza Karimboy
• A. Qahhorning “Tobutdan tovush”ida Suqsurov
• Shekspirning “Qirol Lir”ida Mas'haraboz
• K. Yashenning “Inqilob tongi”da Qoziqayun
• Uyg‘un va I. A. Sultonovlarning “Alisher Navoiy”sida Mansur
• Ikkinchi darajali Stalin mukofoti (1949) — Uyg‘un va I. A. Sultonovlarning “Alisher Navoiy” spektaklidagi Mansur roli ijrosi uchun
• U. Shekspirning “Qirol Lir” spektaklidagi mas'haraboz timsolini gavdalantirgani uchun bil Hamza nomidagi O‘zbek SSR Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan (1967).
• Qizil mehnat nishoni
• “Hurmat belgisi” ordeni
• Lenin, Mehnat qizil nishoni, “Hurmat belgisi” ordenlari bilan mukofotlangan.
Manba: arboblar.uz
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish