Tabiatdagi buyuk g‘oya. Horun Yahyo



Charlz Darvin yozgan edi: “agar mayda, bosqichma-bosqich o‘zgarishlar oqibatida yangi murakkab organizmning shakllanishi mumkin emasligi isbotlanadigan bo‘lsa, mening nazariyam butunlay inqirozga yuz tutadi.” Ushbu kitobni o‘qib, siz Darvinning xavotiri asosli bo‘lgani, evolyutsiya nazariyasi to‘la halokatga uchraganini anglab yetasiz. Tabiatdagi barcha jonli mavjudot juda murakkab kompleks tuzilishiga ega. Qushlarning qanoti tuzilishi va ko‘rshapalaklarning lokatsion tizimlarini, chivin qanotlari tuzilishini, shuningdek, yuz minglab boshqa ob’ektlarni o‘rganib, biz har yerda mukammal, buyuk g‘oya va ajoyib yaxlitlikni ko‘ramiz. Bu esa bizning ko‘z o‘ngimizda yaqqol haqiqatni ochib beradi: Yer yuzidagi barcha jonli mavjudotlar Oliy Yaratuvchi tomonidan yaratilgan.XIX asrda ilgari surilgan Charlz Darvinning evolyutsiya nazariyasi tabiatning Ilohiy yaratilish haqiqatini inkor qilib, tabiatdagi butun bu mukammal reja va g‘oya “tasodifan va o‘z-o‘zidan” yuzaga kelgan deya ta’kidlardi. Bu nazariyaga muvofiq, Yerda hayot paydo bo‘lishiga “sodda organizmlarning bosqichma-bosqich rivojlanish va takomillashish” mexanizmi manba bo‘lib xizmat qilgan. Ammo XX asrning ilmiy kashfiyotlari jonli organizmlarning takrorlanmas murakkabligi va uyg‘unligini “bosqichma-bosqich rivojlanish” mexanizmi yordamida izohlash mumkin emasligini aniq-ravshan ko‘rsatdi. Jonli organizmdagi hatto bitta organ yoki tizimning yo‘q bo‘lishi uni mutlaqo jonsiz tanaga aylantirib qo‘yadi. Jonli organizmlardagi “ajratib bo‘lmas yaxlitlik” hayotning o‘z-o‘zidan tug‘ilishi mumkin emasligini ko‘rsatdi va hayotning Ilohiy kelib chiqishini isbotladi.Ushbu kitobda hayot Oliy Yaratuvchi tomonidan yaratilgani ochiq-oydin ekanligini qat’iy isbotlovchi inkor etib bo‘lmas faktlar keltirilgan.

Aspirin tabletkasini tasavvur qiling va siz darhol u chiziq bilan teng ikkiga bo‘linganini eslaysiz. Bu chiziq dorini ichayotgan kishi istasa uni ikkiga bo‘lib iste’mol qilishi uchun o‘ylab topilgan. Atrofimizni o‘rab turgan barcha narsalar aspirin tabletkasidek sodda ko‘rinishga ega bo‘lmaganiga qaramay, bularning hammasi, — bizni ishga olib boradigan avtobusdan tortib, uyimizdagi televizorning masofadan boshqaruvchi pultgacha, — dastlabki reja, loyiha asosida yasalgan.Loyiha (ya’ni reja) — turli miqdordagi katta-kichik, har yoqqa sochilgan tarkibiy qismlarni aniq maqsad bilan bir joyga to‘plash borasidagi tartibli ma’lumotdir. Agar ushbu ta’rifni asos qilib olsak, avtomobil ham shunday g‘oyaning ro‘yobga chiqishi bo‘lganini tushunish qiyin emas. Bu g‘oya aniq maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan: odamlar va yuklarni tashish. Buni ijro etish uchun zavodda loyiha ishlab chiqiladi va motor, shinalar va kapot bir butun qilib jamlanadi.Ho‘p, yaxshi, jonli mavjudotlar borasida nima deya olamiz? Qush, uning uchish mexanizmi avvaldan loyihalashtirilgan bo‘lishi mumkinmi? Ushbu savolga javob berishdan avval, keling, qushni ham xuddi avtomobil singari ko‘rib chiqaylik. Bu yerda asosiy maqsad parvoz qilish hisoblanadi. O‘pka ichidagi quruq suyaklar ham, ana shu suyakchalarni harakatlanishga majbur qiluvchi kuchli ko‘krak qafaslari ham, qushni havoda ushlab turuvchi patlar ham aynan shunga qaratilgan. Qanotlar aerodinamik xususiyatlarga ega, qush organizmidagi modda almashinuvi esa uning energetik ehtiyojlariga javob beradigan tarzda qurilgan. Agar qushlarni bir chetga qo‘yib, boshqa jonli mavjudotlarni tadqiq qilsak ham, huddi shu qonuniyatga guvoh bo‘lamiz. Har bir jonzot eng mayda jihatlarigacha o‘ylab chiqilganligiga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Tadqiqotimizni davom ettiradigan bo‘lsak, siz ham o‘sha G‘oyaning amaliy ifodasi ekanligingiz haqida xulosa qilish mumkin. Ushbu sahifalarni varaqlayotgan qo‘llaringiz shu qadar ko‘p funktsiyalarni bajaridiki, hech qanday robot buning uddasidan chiqa olmaydi; ushbu satrlarni o‘qiyotgan ko‘zlaringiz sizga shu qadar aniq va tiniq ko‘rish imkonini beradiki, buni dunyodagi eng mukammal kamera ham bajara olmaydi. Shu tariqa, siz bir xulosaga kelasiz: tabiatdagi barcha jonzotlar, shu jumladan, siz ham avvaldan o‘ylangan, rejalashtirilgan. Bu esa, o‘z navbatida, olamda haddan tashqari Aqlli va Kuchli, Yakkayu Yagona Yaratuvchi borligini, u barcha jonzotlarni O‘zi istaganidek yaratganini, demakki, bu tabiat ustidan hukmronlik qilishini anglatadi.Faqat XIX asrda ishlab chiqilgan evolyutsiya nazariyasigina bu real dalillarni inkor etadi. Charlz Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” asarida bayon etilgan bu nazariyaga tasodiflar zanjiri tufayli keyinchalik bir-biriga o‘xshamay qolgan jonli mavjudotlar kelib chiqqan, degan fikrni ilgari suradi. Mazkur nazariyaning asosiy qoidasi shundaki, barcha jonli organizmlar asta-sekin, sezilmasdan o‘zgarib boradi. Agar bu tasodifiy o‘zgarishlar jonzotlardan birortasiga afzallik keltirsa, u o‘zi singari qolgan barcha jonzotlarga nisbatan yaxshiroq sharoitga ega bo‘ladi, uning avlodi ham mazkur afzal jihatga ega bo‘ladi. Shu tariqa, yangi tur paydo bo‘ladi.Mana 140 yildirki, xayvonot dunyosi paydo bo‘lishi va rivojlanishiga berilgan bu izoh ilmiy asoslangan va ishonchli hisoblanadi. Ammo, agar Darvin nazariyasiga yaxshiroq razm solib, u jonli mavjudotlarni yaratishda qo‘llangan aniq reja, g‘oya mavjudligini tasdiqlovchi misollar bilan solishtirilsa, mutlaqo boshqa manzara paydo bo‘ladi: darvinizmda bayon etilgan hayotning kelib chiqishi haqidagi g‘oya umuman bir-biriga qarama qarshi berk ko‘chadan boshqa narsa emas.Dastavval, “tasodifiy o‘zgaruvchanlik” muammosini ko‘rib chiqaylik. Evolyutsiya nazariyasi paydo bo‘lgan vaqtlarda genetika fani hali shakllanmaganligi bois, Darvin bu hodisaga batafsil tushuntirish bera olmagan. Genetika bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan evolyutsiya nazariyasi tarafdorlari aynan shu masalaga taalluqli mutatsiyalar tushunchasini taklif qilishdi. Mutatsiyalar — bu jonli mavjudotlar genida yuzaga keladigan tasodifiy uzilishlar va shart-sharoitlarning turli-tuman o‘zgarishidir. Eng muhimi shundaki, hozirgi kunimizgacha ham jonli mavjudotlarning genetik ma’lumotlarini rivojlantiradigan yoki yaxshilaydigan birorta mutatsiya kuzatilgani yo‘q. Mutatsiyalarning deyarli barcha mashhur misollari yo jonli mavjudotlarda kasallik yoki nomukammallik uyg‘otadi, yo umuman namoyon bo‘lmaydi. Kelib chiqadiki, yuqoridagi o‘zgarishlar mutatsiyalar yo‘li bilan sodir bo‘lishi mumkin, deb o‘ylash — go‘yo odamlarga to‘satdan olov purkalsa, yangi mukammalroq individ paydo bo‘ladi, deb umid qilish bilan barobar. Qisqasi, bu shunchaki adashish xolos.Biroq masalaning yana ham muhimroq tomoni bor. Barcha ilmiy ma’lumotlarga qaramay, faraz qilaylik, qandaydir mutatsiya ma’lum bir jonli organizmga ijobiy jihat kasb etish uchun imkon berdi. Ammo hatto shunday faraz ham darvinizmni qutqarib qola olmaydi. Boisi — “tizimlarning bo‘linmasligi” deb ataluvchi tushunchadir. Buning ma’nosi shuki, jonli mavjudotlarning aksariyat organ va tizimlari o‘z funktsiyasini ko‘p hollarda bu tizimga mutlaqo dahli yo‘q organlar mavjud bo‘lgandagina bajaradi. Lekin, agar ulardan birortasi yoki organning qandaydir qismi yetishmasa yohud shikastlansa, asosiy organ o‘z funktsiyasini bajara olmay qoladi.Masalan, inson qulog‘ining tashqi ovozlarni qabul qilish jarayoni juda ko‘p miqdordagi kichik-kichik organlarning o‘zaro uyg‘un zanjirli reaktsiyasi yordamidagina yuz beradi. Agar bu zanjirdan bittasi, masalan, o‘rta quloq yuzasidagi bolg‘acha chiqarib tashlansa yoki shunchaki quloq tuzilishi o‘zgartirilsa, siz umuman eshitmay qo‘yasiz. Quloq eshitishi uchun quloq devori, bolg‘acha, burma yuza, shovqin o‘tuvchi yo‘lakcha, eshitish suyaklari,  boshqa tegishli organlarning mavjud bo‘lishi va o‘ta tartibli ravishda ishlashi talab etiladi. Bu tizim bosqichma-bosqich o‘zgarishi va rivojlanishi mumkin emas, chunki rivojlanishning har qanday bosqichi uning ishiga to‘sqinlik qiladi.Demak, aynan “tizimlarning bo‘linmasligi” tushunchasi Darvin nazariyasini butun o‘zagi bilan vayron qiladi. Eng qizig‘i shundaki, Darvinning o‘zi ham mazkur muammo mavjudligi tufayli qandaydir xavotirni his etgan. O‘zining “Turlarning kelib chiqishi” kitobida u yozadi:“Agar umumiy (kompleks) organning bir-biriga bog‘liq juda ko‘p sonli mayda o‘zgarishlar yo‘li bilan shakllanishi mumkin emasligi yuzaga chiqsa, mening nazariyam butunlay inqirozga yuz tutadi. Ammo men hali bunday organni ko‘rmadim...”1Balki, XIX asrdagi ilm-fanning sodda bosqichlarida bo‘lgan Darvin bunday organni topmagan yoki topishni istamagandir. Biroq XX asr fani jonli mavjudotlarni eng mayda qismlarigacha tadqiq qilib chiqdi va jonzotlarning ko‘pchiligi “tizimlarning bo‘linmasligi” xususiyatiga ega ekanligini aniqladi. Shu sababli ham, Darvin nazariyasi, uning o‘zi xavotirga tushganidek, “butunlay inqirozga yuz tutgan”. Ushbu kitobda biz mavjud ekanligi bilan Darvin nazariyasini inkor qilish imkonini beradigan ayrim jonli mavjudotlarni ko‘rib chiqamiz. Bunday tizimlar qo‘shlar qanotida ham, bakteriyalarda ham, ko‘rshapalak bosh suyagida ham bor. Ularni tadqiq qilar ekanmiz, biz yuqoridagi nazariyaning naqadar xato ekanligini ko‘ramiz. Ikkinchi tomondan, ushbu tizimlar yaratilishida naqadar yuksak bilim darajasidan foydalanilganiga guvoh bo‘lamiz.Shu tariqa, biz Allohning mukammal ijodi dalillarini ko‘ramiz. Buyuk Parvardigorning aynan yaratuvchilik qudrati, nazokati va nafosati Qur’onning quyidagi oyatida ifodalangan:«U – Alloh yaratguvchidir, (yo‘qdan) bor qilguvchidir, (barcha narsaga) surat-shakl berguvchidir. Uning go‘zal ismlari bordir. Osmonlar va yerdagi bor narsa Unga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir.» (Qur’on, 59:24)




Yer yuzidagi barcha jonzotlar turlicha ko‘zlarga ega. Bizga umurtqalilarga xos bo‘lgan ko‘zning faqat “kamerali” turi ma’lum. Bunday tuzilishdagi ko‘z nurning sinishi tamoyili asosida ishlaydi. Yorug‘lik nuri tashqaridan ko‘zning old qismida joylashgan linza (xrustalik) da sinadi va buning natijasida ko‘zning orqa devorida jilvalanadi. Biroq ba’zi jonli mavjudotlarning ko‘zlari mutlaqo boshqacha shakldagi qurilishga ega. Masalan, langust — dengiz qisqichbaqasining ko‘zlari nurning sinishi tamoyili asosida emas, balki uning akslanishi tamoyiliga muvofiq ishlaydi.Langust ko‘zlarining birinchi qiziq xususiyati shundaki, ularning yuzasi bo‘ylab juda ko‘p sonli kvadratchalar joylashgan. Bu kvadratchalar, rasmda ko‘rib turganimizdek, qat’iy tartib bilan joylashtirilgan. Amerikalik biolog Xartlayn “Science” (“Fan”) jurnalidagi o‘zining maqolalaridan birida shunday yozadi:“Dengiz qisqichbaqasi menga shu paytgacha ko‘rgan boshqa jonli mavjudotlardan farqli ravishda to‘g‘ri to‘rtburchakni kamroq eslatadi. Ammo uning ko‘zlari mikroskop ostida xuddi mukammal chizmaga o‘xshaydi”.2Langust ko‘zlarini qoplagan bu bir tekis kvadratchalar aslida kvadrat linzalarning old qismidir. Bunday konstruktsiyani asalari uyalari bilan qiyoslash mumkin. Uyalarga qarasangiz, ular sizga olti burchakli yuzalardan tashkil topgandek tuyuladi. Ammo bu olti burchakli yuzalar ichkariga qarab botib ketadigan olti burchakli prizmalarning tashqi qismi xolos. Langust ko‘zlarining farqi shuki, unda burchaklar oltita emas, balki to‘rtta.Dengiz qisqichbaqasi (langust) ko‘zlarining yuzasi tekis kvadratchalardan tashkil topgan. Bu tep-tekis kvadratlarning har biri aslida kvadrat prizmaning bir chetidir. Har bir kvadrat prizmaning ichki qismi esa ko‘zgu tamoyiliga asosan qurilgan. Ko‘zguli qism nurni kuchaytirib aks ettiradi. Nur ko‘zning orqa tarafida joylashgan setchatka (ko‘zning yorug‘likni sezuvchi hujayralarga ega bo‘lgan ichki yuzasi — tarj.) ga juda aniq tushib turadi. Ko‘zni o‘rab turgan prizmalar shunday burchak ostida joylashtirilganki, natijada yorug‘lik nuri bitta nuqtaga tushadi.Qizig‘i shundaki, kvadrat prizmalardagi ichki yuzalarning har biri ko‘zgu tamoyili asosida qurilgan va bu ko‘zgular yorug‘lik nurini juda kuchli akslantiradi. G‘oyaning eng buyuk jihati ko‘zgulardan akslangan nurni ko‘zning ort qismida joylashgan setchatka (ko‘zning yorug‘likni sezuvchi hujayralarga ega bo‘lgan ichki yuzasi — tarj.) ga aniq yo‘naltirishda namoyon bo‘ladi. Ko‘z ichidagi prizmalar shunday burchak ostida joylashganki, ularning hammasi nurni bexatolik bilan bitta yagona nuqtaga yo‘naltiradi. Albatta, bunday tuzilish naqadar ajoyib ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Kameralarning bir tekis kvadrat shaklidagi ichki qismlari ko‘zgu xususiyatiga ega bo‘lgan teri bilan qoplangan. Bundan tashqari, ushbu kameralarning har biri yorug‘lik nurini bitta nuqtaga tushirishi uchun juda aniq geometrik hisob-kitoblar asosida yaratilgan. Angliyaning Sasseks universiteti xodimi Maykl Lend — langust ko‘zlari qurilishini batafsil tadqiq qilgan birinchi olim. Lend bu jonzotning ko‘zlarida hayratlanarli bir g‘oya ro‘yobga chiqqan.3Shunisi aniqki, evolyutsiya nazariyasi nuqtai nazaridan ko‘zning bunday tuzilishi ko‘plab savollar uyg‘otadi. Avvalo, ko‘zlar tizimlarning bo‘linmasligi xususiyatiga ega. Agar ko‘zlarning old qismida kvadrat kameralar bo‘lmaganida, yoki bu kameralar nurni aks ettirish xossasiga ega bo‘lmaganida, yoki agar ko‘zlarning orqa qismida setchatka joylashmaganida, ular o‘z vazifasini bajara olmasdi. Shu sababli, langust ko‘zlari bosqichma-bosqich rivojlanib borgan, deyish mumkin emas. Bunday ajib g‘oya tasodifan ro‘yobga chiqqan, deb o‘ylash ham mutlaqo mantiqsizdir. Shu qadar mukammal tizimga ega bo‘lgan langust ko‘zlari yaratilganligi shubhasizdir.Langust ko‘zlari qurilishining evolyutsiya nazariyasi qoiunlariga shubha bilan qarashga asos bo‘luvchi boshqa xususiyatlari ham bor. Agar jonli mavjudotlardan yana qaysi birining ko‘zlari shunday aniqlik bilan tuzilganini aniqlashga harakat qilib ko‘rsak, oldimizda qiziq manzara hosil bo‘ladi. Yorug‘lik nurini akslantirish tamoyiliga asoslangan ko‘z tuzilishi faqatgina qisqichbaqasimonlar sinfidagi bo‘g‘imoyoqlilar turidagi dengiz jonzotlariga xos. Bu turga har xil qisqichbaqalar kiradi.Qisqichbaqasimonlar sinfidagi boshqa jonzotlarda nurning sinishi tamoyili asosida tuzilgan ko‘zlar kuzatiladi va ular nurni akslantiruvchi ko‘z tuzilishidan umuman boshqacha. Bu turdagilar ko‘zlarining ichida ko‘plab chuqurchalar bo‘ladi. Biroq, bu chuqurchalar oltiburchakli yoki dumaloq shaklda bo‘lib, qisqichbaqa ko‘zlaridagi kvadratchalardan mutlaqo farq qiladi. Yanayam ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu chuqurchalar ichida ham linzalar bor. Ammo ular nurni akslantirmaydi, balki sindiradi. Linzalar nurni sindirgan holda setchatkaga uzatib beradi. Qisqichbaqasimonlar sinfidagi aksariyat jonzotlarning ko‘zlari aynan nurni sindiruvchi linzalar asosida ishlaydi. Bu jonzotlarning ikkitasidagina — qisqichbaqa va krevetkada ko‘zlar ko‘zgu shaklida qurilgan. Ammo, evolyutsiya nazariyasi tarafdorlarining fikricha, barcha jonli organizmlar, shu jumladan, qisqichbaqasimonlar ham bitta jonzotdan tarqagan bo‘lishi kerak edi. Agar biz bu ta’kidni qabul qilsak, nurni akslantirish tamoyiliga asoslangan ko‘zlar nurni sindirish yo‘li bilan ishlovchi linzalar asosidagi ko‘zlardan kelib chiqqan, degan taxminni ham qabul qilishimizga to‘g‘ri keladi. Biroq bunday transformatsiyaning imkoni yo‘q. Chunki ko‘zlarning har ikkala konstruktsiyasi o‘z tizimi doirasida mukammal ishlayapti va hech qanday “oraliq pog‘ona” ularni yaxshilay olmaydi. Qisqichbaqasimon jonzot ko‘zidagi linza asta-sekin yo‘qolib, uning o‘rnida ko‘zguli yuza hosil bo‘lishi natijasida u avvalgi ko‘rish qobiliyatidan ham ajraladi va oqibatda, tabiiy tanlanish jarayonida yo‘q bo‘lib ketadi. (Darvinning evolyutsiya nazariyasiga ko‘ra, har bir jonli mavjudot yuz minglab yillar davomida boshqa bir jonzotning yanada rivojlanishi natijasida kelib chiqqan. Xususan, odam maymunning asta-sekin taraqqiy etishi oqibatida paydo bo‘lgan. Darvin nazariyasida bu rivojlanishlarning hammasi tasodifiy bo‘lgani aytiladi. Ana shu million-million yillar mobaynida turli sabablar tufayli rivojlanolmay qolgan jonzotlar qirilib ketgan. Masalan, evolyutsiya nazariyasiga ko‘ra, dinozavrlar Yer sayyorasining sovib ketishi natijasida yo‘q bo‘lib ketgan. Bu “tabiiy tanlanish jarayoni” deb ataladi. — tarj.)Shubhasiz, ko‘zlarning bir-biridan farq qiluvchi har ikki konstruktsiyasi ikki xil reja asosida yaratilgan. Ko‘zlar geometriya nuqtai nazaridan shu qadar aniqki, bularning barchasini tasodifga yo‘yish butunlay bema’nilikdir. Mo‘’jizaviy san’at ifodasi bo‘lgan boshqa barcha jonzotlar singari langust ko‘zlari ham bizga Yaratuvchining naqadar mukammal va cheksiz ijodkorlik qudratiga ega ekanligidan dalolat beradi. Bu Buyuk Allohning cheksiz bilimi, aqli va qudratining namoyon bo‘lishidir. Hayvonot dunyosining qaysi bir qismiga murojaat qilmaylik, biz ana shunday mo‘’jizalarga duch kelaveramiz.

1 Charles Darwin, The Origin of Species: A Facsimile of the First Edition, Harvard University Press, 1964, s. 1892 B.K. Hartline, "Lobster-Eye X-ray Telescope Envisioned," Science, say 207, s. 473 Machael F. Land, "Superposition Images Are Formed byReflection in Eyes of Some Oceanic Decapod Crustacea", Nature, say 263, s. 764-765.



Uzpedia.uz