TABAQA PARDOZ
TABAQA PARDOZ – o’ymakorlikda pardoz turi; o’yma gul — naqshlarni 2 yoki 3 qatlamli o’ymalar bilan pardozlash usuli. O’ymalari uncha chuqur bo’lmasada, naqshlar hajmdor ko’rinishga ega bo’lib, ajoyib jozibadorlik hosil qiladi. Pardozlar ichida eng murakkabi bo’lgani uchun ustadan yuksak kasbiy mahorat talab etadi. Buxorolik ustalar Tabaqa pardoz usulini keng qo’llaydi. Jumladan, Usta Shirin Murodov Tabaqa pardozning imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanib, jozibador naqsh mujassamotlari yaratgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz