Taajjub...
Bu voqeadan beri kancha vaqt o‘tganini aniq eslolmayman. Yetti yoki sakkiz yil bo‘ldi chamasi. Galdagi o‘tirishimizda bitta do‘stimiz kassetaga yozib olingan she’rni qo‘yib eshittirdi. She’r rostdan ham juda ta’sirli edi. Audio tasmada uni o‘qigan kishini men yillar davomida muallifi o‘zi bo‘lsa kerak, deb o‘ylab keldim. Oradan bir necha yil o‘tib, xayr uchun ham sharr uchun ham bir xilda asqotadigan internet kashf etilgach, uning vositasida mazkur she’rni yana ko‘p bora eshitdim...
TAAJJUBMabodo hazrati MuhammadUyingizga kelsa nogahon,Qiziq, bir yo ikki kun tursa,Qanday holga tusharsiz shu on?Shubha yo‘qki, eng go‘zal uyni Ajratasiz aziz mehmonga,Totli ovqat, sarxil mevadanTortajaksiz mo‘l dasturxonga.Bu tashrifdan shodligingizniMehmonga bot qilgaysiz izhor.Uyingizning to‘ri uniki,Xizmatdan-da behad baxtiyor.Biroq uning siz tomon astaKelishini ko‘rarkan, darholChiqarmisiz qo‘l qovushtirib«Xush kelibiz!» debon bemalol?Yoki uyga boshlashdan avvalO’zgartirib usti boshingiz,Turli-tuman jurnal o‘rnigaQur’on qo‘yib qo‘yasizmi tez?Tomoshalar ko‘rmoq qasdidaYoqasizmi oyna jahonni?Yo zudlikda o‘chirasizmi Chiqmay turib ko‘kka fig‘oni?Balki borib radio simin Shiddat bilan uzib tashlarsiz?Shukur, bir so‘z eshitmadi, debShartta olib buzib tashlarsiz?Musiqani ko‘zdan berkitib,Olasizmi hadis kitobin?Ichkariga qo‘ymaysizmi yoEshitmayin deya xitobin?Qiziq, agar o‘shal payg‘ambarSiz-la tursa bir yo ikki kun,Har galgiday o‘z ishingizdaDavom etgaydirmisiz mamnun?Kunda aytar so‘zlaringizniSo‘zlaysizmi o‘shal damda ham?Hayotingiz davom etarmiAvvalgiday kunba-kun ildam?Qanday bo‘lsa oilada urf Shundayicha etarmi davom?Duo qilmoq og‘ir kelmasmiYegandan so‘ng har safar taom?Har namozga ayni vaqtidaQovoq uymay turasizmi shay?Tong otmasdan uyg‘onasizmiIbodatga dildan, og‘rinmay?Kuylarmisiz eski qo‘shiq yoEski kitob olinar qo‘lga?Ko‘rsatarsiz ul zotga balkiNelar yoqishini ko‘ngulga?Payg‘ambarni olib ketarsizBorar joyingizga har galgi?Rejangiz ham tamom o‘zgararBir yo ikki kungina balki?Istarmisiz do‘stlaringizningUl hazratni ko‘rishlarini?Yoxud qaytib ketguncha tokiSal chetroqda yurishlarini?Ne dersiz gar butun umrgaSizning bilan qolsalar ul zot?Yoki qaytib ketsalar oxirYengil tortib bo‘larmisiz shod?Qiziq, o‘zni tutarsiz qandoq?Ne ahvolga tushib ul zamon,Uyingizda hazrat MuhammadBir-ikki kun bo‘lsalar mehmon.
Uzpedia.uz