Tòa án
Sud — zimmasiga davlat hokimiyatining boʻgʻinlaridan biri — sud hokimiyatini amalga oshirish yuklatilgan organ. Qonun chiqaruvchi (vakillik) va ijro etuvchi organlardan Sud uni shakllantirish, sudyalarga vakolatlar berish tartibi, tegishli ishlarni koʻrib chiqish tartib-taomillarining xususiyatlari, shuningdek qabul qilinuvchi qarorlarning majburiyligi va mas’uliyati, ularning yuridik ahamiyati bilan farq qiladi.
Sud (slavyancha sud — ish) — odil sudlovni amalga oshiruvchi davlat organi; muayyan davlatning qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy va boshqa toifadagi ishlarni koʻrib chiqadi va hal qiladi. Ayrim shaxslar oʻrtasida, ular bilan davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, jamoat birlashmalari oʻrtasida mulkiy va nomulkiy nizolarni, qonunbuzarliklarga doir ishlarni koʻrib chiqib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxona, muassasalar, tashkilot huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi. Sud boshqa davlat organlaridan, jamoat birlashmalari va har qanday shaxsdan mustakil va xolisona faoliyat yuritishi, barcha ishlarni faqat qonunga boʻysunib koʻrib chiqishi va hal etishi lozim. Sudlar odatiy va favqulodda Sudlarga boʻlinadi. Favqulodda Sudlarni tashkil etish deyarli barcha zamonaviy konstitutsiyalarda man etilgan. Odatiy Sudlar umumiy vakolatli va ixtisoslashgan, yaʼni harbiy, xoʻjalik (arbitraj, savdo), bojxona, soliq (moliyaviy), mehnat nizolari boʻyicha va h.k. sudlar boʻlishi mumkin. Sudning alohida turlari konstitutsiyaviy va maʼmuriy sudlar hisoblanadi. Baʼzi mamlakatlarda, shuningdek, diniy sudlar (masalan, musulmon mamlakatlari — Eron, Pokiston, Sudan va boshqalarda shariat sudlari) va odatiy huquq sudlari (masalan, tropik Afrika va Okeaniyadagi bir kancha mamlakatlarda kabila sudlari) ham mavjud. Sudlar, shuningdek, instansiyalarga koʻra: birinchi instansiyasi, apellyasiya, kassatsiya va nazorat sudlari, hududiy darajasi boʻyicha: tuman (shahar), viloyat, okrug va oliy sudga boʻlinadi.
Sud hozirgi Oʻzbekiston hududida davlatchilikka xos koʻp asrlik tarixga ega. Sud faoliyatini qadimdan xalq madaniyati, anʼanalari va maʼnaviy negiziga asoslanib, obrueʼtiborli, katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan kishilar amalga oshirishgan. Ular chiqargan qarorlar har qanday shubhadan xoli va barcha uchun majburiy hisoblangan. Oʻzbekistonda qariyb 13 asr davomida shariat qonunlariga amal qilgan qozilik sudi hamda xalq urfodatlari va anʼanalariga suyanib qaror qabul qilgan biylar sudi mavjud bulgan. Oʻrta Osiyoni zabt etganidan sung mustamlakachi chor hokimiyati Rossiya qonunlariga amal qiluvchi sudlarni tuzdi. 1917-yil oktyabr toʻntarishidan soʻng „xalq“ sudlari va tribunallar taʼsis etildi. Ular kommunistik partiya va inqilob manfaatlariga xizmat qildi, qonunga emas, „proletarcha ong“ga suyanardi. Sud oʻrnini koʻp xollarda „maxsus kengash“, „uchlik komissiya“ kabi maʼmuriy tuzilmalar egallagandi. Sud adolatga emas, vahshiyona qatagʻon, shafqatsiz jazolashga xizmat qildi. Sud batamom partiya va sovet ijroiya organlariga qaram edi.
Mustaqilikka erishilgandan soʻng Oʻzbekistonda huquqiy davlat barpo etishning tarkibiy vazifasi sifatida sudhuquq islohoti oʻtkazilmoqda. Sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil ish yuritishi va S. faoliyatining boshqa asosiy prinsiplari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida eʼtirof etildi (106—116-moddalar), yangi sud tizimi barpo qilindi, „Sudlar toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1993-yil 2-sentyabr, yangi tahriri 2000-yil 14-dekabr) va bir qator qonunlar amalga kiritildi. Sud tomonidan chiqarilgan hujjatlar barcha davyaat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.
Qonuvda belgilangan hollardan tashqari sudlarda barcha ishlar oshkora yuritiladi (qarang Sudlovning oshkoraligi). Sud ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida va muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi. Ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan taʼminlanadi. Sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Sudning faoliyati qonun usduvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolarning tinchligi va totuvligini taʼminlashga qaratilgandir.
„Sud“ atamasi sud hokimiyati vakolatlarini amalga oshirish huquqiga ega boʻlmagan nodavlat tuzilmalarini nomlash uchun ham juda koʻp qoʻllaniladi (hakamlar sudi, Xalqaro tijorat arbitraj sudi va h.k.).
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Tòa án — bu huquqiy nizolarni hal qilish, jinoyatlarni aniqlash va jazolash hamda fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va majburiyatlarini himoya qilish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan mustaqil organ. Tòa án davlat hokimiyatining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, adolatni ta’minlash vazifasini bajaradi.
Tòa ánlarning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish va jinoyatchilarni qonuniy jazoga tortish.
- Fuqarolar o‘rtasidagi fuqarolik nizolarini hal qilish.
- Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish.
- Konstitutsiyaviy huquqlarni himoya qilish va qonunlarning konstitutsiyaviyligiga rioya etilishini nazorat qilish.
- Sudlarning qarorlarini ijro etishni ta'minlash.
Tòa án tizimi odatda bir nechta darajalar va turlarni o‘z ichiga oladi: masalan, tuman yoki shahar tòa ánlari, viloyat yoki respublika tòa ánlari, Oliy tòa án va maxsus tòa ánlar (harbiy, iqtisodiy, ma’muriy tòa ánlar va boshqalar).
Tòa án xodimlari — sudyalar — mustaqil bo‘lib, ularning qarorlarini faqat qonuniylik mezonlari asosida qabul qilinadi. Sud qarorlari barcha tomonlar uchun majburiy hisoblanadi.
Umuman olganda, tòa án adolatni ta’minlash, huquqiy barqarorlik va fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi.