SXe
Straight edge (inglizcha: aniq chegara, qisqartirilgani
sXe ) — hardcore-punk kontrmadaniyatining falsafiyroq shoxi, narkotiklardan butunlay chekinish (qonuniy alkogol va tamakini oʻz ichiga olgan holda), jinsiy aloqalarda aniqlik, shuningdek butun punk-harakatiga hos boʻlgan siyosiy qarashlar harakterli boʻlgan harakat.
Tarix
Avvalo bu punk rock ijrochilari muhitida "iflos doimo ichib olgan punk" koʻrinishini ommaviylashtirishga qarshi chaqiruv sifatida vujudga kelgan Straight edge tez orada etik dunyoqarashga aylanadi. Bu dunyoqarash oʻz-oʻzini boshqarish gʻoyasini va shaxsiy ozodlikni birinchi oʻringa qoʻyadi va 80-yillar boshlarida Amerika punklarining keng tarqalgan tanlovi boʻladi, ayniqsa Straight edge juda kuchli hardcore sahnalari mavjud Vashington va Bostonda rivojlanadi. 80-yillarning oʻrtalariga kelib bu madaniyat AQSh chegaralaridan tashqarisida ham tarqaladi.
Timsollar
Straight edge — oʻziga reklamani ep koʻrmaydi va sXe hayot koʻrinishini boshqalarga zoʻrlab oʻtkazmaydi, shuning uchun bu harakat tarafdorlarining kiyinish, soch turmaklarida qandaydir afzalliklari yoʻq. Identifikatsiyalashning yagona yoʻli — bu ("X") xochining yoki "sXe" abbreviaturasining qoʻllanishidir:
Yuqorida keltirilgan timsollar tatularda ham ishlatiladi, bu ularni xoʻjayini Straight edge prinsiplarini butun umrga qabul qilganligini bildiradi.
Musiqa
Straight Edge harakatining nomi Minor Threat guruhining xuddi shunday nomli qoʻshigʻidan olingan:
Straight edge hamma vaqt hardcore punk musiqa bilan bogʻliq boʻlgan.
Avvalgi sXe-guruhlardan Minor Threat, SSD, DYS, Justice League, 7 Seconds, Uniform Choice, Unity, Larm, Youth Of Today, Bold, Unit Pride, Turning Point, No For An Answer, Earth Crisis, Strife, Chokehold, Portarits Of Past, Canon, Culture, Ten Yard Fight, In My Eyes, Atari, Mouthpiece, Cornerstone va hokazolarni keltirib oʻtish mumkin.
Zamonaviylardan: First Step, Gather, Risen, Triple Threat, Forced Forward, Path of Resistance, Set It Straight, Good Clean Fun va hokazo.
Havolalar
uz.wikipedia.org