Северо-Казахстанская област





Shimoliy qozogʻiston viloyati — Qozogʻistonning shimoliy qismidagi viloyat. 1936-yil 29-iyulda tashkil etilgan. Maydoni 97 993 km. Aholisi 578,400 kishi (2013), asosan, ruslar va qozoqlar, shuningdek, ukrain, tatar, belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 42%. 13 tumanga boʻlingan, 5 shahar, 4 shaharcha bor. Markazi — Petropavlovsk shahri Muhim shaharlari: Petropavlovsk, Bulayev, Mamlyutka, Sergeyevka.

Tabiati




Viloyat Gʻarbiy Sibir tekisligining janubiy chekkasi va Qozogʻiston past togʻlarining janubiy qismida joylashgan. Shimoli-sharqdan (115 – 120 m) janubiy va janubi-sharqqa (200 m) balandlashib boradi. Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq va uzoq (5 oydan ortiq), kamqor; yozi issiq, quruq. Yanvarning oʻrtacha harorati —18,5 °C, — 19,5 °C, iyulniki 18,5—19,5 °C. Yiliga 300–340 mm yogʻin tushadi. Daryolari Ob havzasiga mansub. Ishim daryosining oʻrta oqimi viloyat hududidan oʻtgan. Viloyat oʻrmonli dasht va dasht zonalari oraligʻida joylashgan. Koʻp qismining tuprogʻi qoratuproq. Viloyat hududining 8% oʻrmon. Los, sibir yeligi; yirtqichlardan boʻri, tulki; quyon, uzunburuncha, tipratikan uchraydi. Ondatra iqlimlashtirilgan.

Ijtimoiy soha



Shimoliy Qozogʻiston viloyati hududidan Trans-Sibir temir yoʻli oʻtgan. Temir yoʻl uzunligi 470 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uzunligi 1645 km. Havo yoʻllari Petropavlovskni Ostona, Moskva, Olmaota hamda Sibirdagi shaharlar, shuningdek, Kavkazdagi kurortlar va boshqalar shaharlar bilan bogʻlaydi. Petropavlovsk pedagogika instituti, Shimoliy chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti, oʻlkashunoslik muzeyi, drama teatri, filarmoniya va boshqalar madaniyat muassasalari bor.

Aholisi



Viloyat aholisining soni 2012-yilgi statiska boʻyicha 583 598 kishini tashkil qildi. Viloyat aholisi koʻp millatli hisoblanadi, aholining milliy tarkibi quyidagi jadvalda;

Hududiy boʻlinishi




Sanoati



Asosiy sanoat tarmoqlari — mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat. Sanoat korxonalarining koʻp qismi Petropavlovskda joylashgan. Mashinasozlik zavodlarida magnitofon, mineral oʻgʻit sochuvchi traktor tirkamalari, ichki yonuv dvigatellari va boshqalar ishlab chiqariladi. Mashina taʼmirlash avo, Petropavlovsk goʻsht kombinati, un, moy, pishloq, likyoraraq, sut zavodlari, tikuvchilik, sport mollari fabrikalari, koʻn, yelim zavodlari, temirbeton buyumlari, gʻisht zavodlari, uysozlik kombinati va boshqalar ishlab turibdi.

Qishloq xoʻjaligi



Qishloq xoʻjaligida gʻallachilik va sutgoʻsht chorvachiligi asosiy oʻrinda. 1954—60 yillarda 1,3 mln. ga qoʻriq yer oʻzlashtirildi. Ekin maydonlariga don, kartoshka va sabzavot, poliz, yemxashak, texnika ekinlari, bahori bugʻdoy, arpa, suli, grechixa, qisman tariq ekiladi. Xoʻjaliklarda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, yilqi, parranda boqiladi.

Manbalar




Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz