Subutoy Dolimov (1907.23.1 -Toshkent — 1991.24.5) — adabiyotshunos-pedagog. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1967). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1939).
Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, sho‘ba mudiri (1943—57). ToshDU da o‘qituvchi (1957—62), dotsent (1963 yildan) bo‘lib ishlagan.
Oliy va o‘rta maktablar uchun darslik («Vatan adabiyoti», 1965) va uslubiy qo‘llanmalar («O‘zbek adabiyoti tarixini o‘qitish metodikasi», 1976; «Adabiyot o‘qitish metodikasi», 1978) muallifi.
Ogahiy (G‘. Karimov bilan hamkorlikda), Almaiy, Lutfiy («Gul va Navro‘z»), Gulxaniy («Zarbulmasal») asarlarini, folklorga oid «Keng uyning kelinchagi»ni (1976) nashrga tayyorlagan. «Qobusnoma»ni o‘zbek tiliga tarjima qilgan (1986).
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish