SSSR Davlat xavfsizlik qoʻmitasi raisi




SSSR Davlat xavfsizlik qoʻmitasining raisi (1978-yilgacha — SSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat xavfsizlik qoʻmitasining raisi , (qisqacha: SSSR DXQ raisi ) — SSSR Davlat xavfsizlik qoʻmitasi boshligʻi lavozimi hisoblanadi.

Tarixi



SSSR Davlat xavfsizlik qoʻmitasi raisi butun SSSR hududidagi ittifoqchi va mahalliy boʻlimlar faoliyatini boshqargan. Qoʻmita raisi 1954-yil 26-apreldan boshlab Davlat xavfszilik qoʻmitasi raisi lavozimi boʻyicha SSSR Vazirlar Kengashining aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, 1959-yildagi SSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat xavfsizlik qoʻmitasi va uning mahalliy organlari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Davlat xavfsizlik qoʻmitasi raisi Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan(1990-yil 14-martgacha) va SSSR Oliy Kengashining Prezidiumi tomonidan tayinlangan.

SSSRning 1991-yil 16-maydagi 2159-I-sonli „SSSRda davlat xavfsizligi organlari toʻgʻrisida“ gi Qonunining 9-moddasi, Davlat xavfsizlik qoʻmitasi raisi SSSR Prezidenti tomonidan SSSR federatsiyalari va SSSR Oliy Kengashi bilan kelishilgan holda, ularning fikrini hisobga olib lavozimga tayinlangan va lavozimidan ozod etilgan.

Davlat xavfsizlik qoʻmitasi raislari va ularning oʻrinbosarlari roʻyxati



Davlat xavfszilik qoʻmitasi raislari




Davlat xavfszilik qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari



SSSRning 1991-yil 16-maydagi 2159-I-sonli „SSSRda davlat xavfsizlik organlari toʻgʻrisida“gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq Davlat xavfsizlik qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosarlari SSSR Davlat xavfsizlik qoʻmitasi raisi taklifiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan va lavozimdan ozod qilingan. Shuni alohida aytoib oʻtish joizki, yuqoridagi qonunda belgilanganidan farqli oʻlaroq, Anatoliy Oleynikov va Yevgeniy Primakovni tayinlash toʻgʻridan-toʻgʻri SSSR Prezidenti tomonidan amalga oshirilgan.

Davlat xavfsizlik qoʻmitasi raislarining unvonlari




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz