Список международных гроссмейстеров по шахматам
Shaxmat bo‘yicha xalqaro grossmeysterlar ro‘yxatida ushbu unvonga ega bo‘lgan barcha shaxmatchilar o‘rin olgan. Jahon chempioni unvonidan keyin shaxmat bo'yicha eng yuqori unvon bo'lib, FIDE tomonidan ma'lum mezonlarga ko'ra beriladi.
Faxriy grossmeyster va ayollar o'rtasida xalqaro grossmeyster unvonlari egalari ro'yxatga kiritilmagan.
Dastlabki, 27 nafar grossmeysterga 1950-yilda FIDE tomonidan ushbu unvon taqdim etilgan. 100 nafar grossmeysterga bu unvon tashkil etilganidan 17-yil o'tib,1967-yilda berilgan. 1979-yilda, grossmeysterlar soni 200 nafarga yetishishi uchun 12-yil vaqt talab etildi. 2004-yilda bu ko'rsatkich 1000 nafarga, 2006-yilda 1100 nafar grossmeyster bu unvonga sazovor bo'ldi. Unvon ko'p yoki kam taqdim etish sabablari ma'lum emas. Birgina 2009-yilning o‘zida 67 nafar unvonga sazovor bo‘lgan bo'lsa, 1969-yili bironta ham shaxmatchiga bu unvon taqdim etilmagan.
Nona Gaprindashvili 1978-yilda xalqaro grossmeyster unvonini olgan birinchi ayol bo'ldi. Abhimanyu Mishra bu unvonni 12 yosh, 4 oy va 25 kunligida qo‘lga kiritib, tarixdagi eng yosh grossmeysterga aylandi. Jak Mizes 1950-yilda 85 yoshida grossmeyster unvonini olgach, o'tmishdagi xizmatlari uchun 27 ta birinchi grossmeysterlar orasida eng keksa grossmeyster unvoniga sazovor bo'lgan.
1341 nafar faol grossmeysterdan 157 nafari Rossiya, 78 nafari Germaniya, 63 nafari Ukraina, 62 nafari AQSh va 61 nafari Hindiston (2021 yil avgust oyi oxiriga ) davlatiga tegishli.
FIDE grossmeysterlari
Shaxmatchilar roʻyhati alfavit boʻyicha saralangan. Ayol grossmeysterlar va vafot etgan shaxmatchilar ranglar bilan ajratilgan.
Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "note", but no corresponding <references group="note"/> tag was foundManba xatosi: <ref> tags exist for a group named "obit", but no corresponding <references group="obit"/> tag was found
uz.wikipedia.org