SPG-9
SPG-9 „Nayza“ (GRAU indeksi —
6G6 ) — Sovet davridagi tankga qarshi stanokli granatamyot quroli (qaytariluvchi qurol). Qoʻshinlar orasida „etik“ nomidagi jargonga ega. SPG-9 „Nayza“ granatamyot 1963-yilda foydalanishga topshirilgan. Keyinchalik, piyodalarga qarshi parchalanadigan granatamyot ishlab chiqildi.
Grenatamyot 1962-yilda dala sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan Sovet oʻrnatilgan tankga qarshi granatalarning ikkinchi avlod vakili. Qoʻlda tutilgan tankga qarshi granata otish moslamalari singari, SPG-9 ham granata barreldagi boshlangʻich kukun zaryadidan gazlar bosimi ostida dastlabki tezlikni oladigan va keyin reaktiv dvigateli orqali tezligini maksimal darajaga oshiradigan tizimga ega.
Granatamyotning vazifasi, jangovar xususiyati va umumiy tuzilishi Stanokka oʻrnatilgan, takomillashtirilgan SPG-9 granatamyoti motooʻqchi va parashyut — desantchi boʻlinmalarning kuchli oʻt ochish vositasi hisoblanadi. Granatamyot, dushman tanklari, oʻzi yurar artileriya qurilmalari va boshqa zirxli obyektlarini, shuningdek, jonli kuchi va oʻt ochish vositalarini yakson qilish uchun moʻjallangan. Parashyut — desantchi boʻlinmalari uchun SPG-9M granatamyotiga yechiladigan maxsus gʻildirakli arava berilib, ushbu granatomet SPG-9M deb nomlanadi. SPG-9M tungi moʻjalga olish moslamasi bilan birgalikda qoʻllaniladigan granatomyotlar SPG-9MN va SPG-9MN deb ataladi. Granatamyotdan kumulyativ va parchalanuvchi granatalar otiladi. Granatamyotdan zirxli nishonlarga qarata kumilyativ granatali PG-9V aktiv reaktiv oʻq, jonli kuchi va oʻt ochish vositalariga qarata esa, parchalanuvchi granatali aktiv OG-9V oʻq otiladi. Bundan tashqari kumulyativ granata, dushmanga temir beton, gʻishtli va sinchli inshootlari ortidagi jonli kuch va oʻt ochish vositalarini yakson qilish uchun qoʻllanilishi mumkin. Granatamyotdan kumulyativ granata bilan nishonlarga qarata toʻgʻridan toʻgʻri yoʻnalishda oʻt ochish samarali hisoblanadi.
Granatamyotga quyidagi tarkib xizmat koʻrsatadi: granatamet komandiri, moʻjallovchi, oʻqlovchi va oʻq dori tashuvchi.
SMG-9X xsusiyatlari
- PG-9V granatasi bilan 800 m;
- OG-9V granatasi bilan 345 m;
-PG 435
-OG 316
- PG-9V granatasi bilan otganda + 70;
- OG-9V granatasi bilan otganda +250;
- PG-9V 1115 mm;
- OG-9V 1062 mm;
- PG-9V 4,4 kg
- OG-9V 5,5 kg
- PG-9V 2,6 kg
- OG-9V 3,6 kg
PG-9V 16,4 kg
OG-9V 19,7 kg
Granatamyot silligʻ stvolli, dinamoreaktivli qurol hisoblanadi. Granatamyotdan oʻq uzilganda, porox zaryadi yonishi natijasida hosil boʻlgan gazlar, granatani stvoldan uloqtiradi, porox gazlarining bir qismi esa soplo (tub) qismidan chiqib ketadi.
Granatamet quyidagi asosiy qism va mexanizmlari - Stvol zatvor bilan;
- Elektr otish mexanizmi;
- Moʻljalga olish moslamalari (PGOK-9 optik moʻljalga olish moslamasi, PGN-9 tungi moʻljalga olish moslamasi, mexanik moʻljalga olish moslamasi);
- Dastgox;
- Gʻildirakli arava (SPG-9DM granatametida)
Modifikatsiyasi
Shuningdek, SPG-9M bazasida BMP-1 piyoda jangovar transport vositasining qurol-yarogʻ majmuasiga kiritilgan 73 mm silliq 2A28 „Grom“ quroli yaratildi.
Foydalanayotgan o'q-dorilar
Foydalangan davlatlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org