SOKOLOVA YEVGENIYA IVANOVNA



SOKOLOVA YEVGENIYA IVANOVNA (1910.31.5, Xarkov – ?) – O’zbekiston xalqartisti (1979). Kuybishev drama teatri qoshidagi studiyani tugatgan (1930). Urush qatnashchisi. 1946— 86 yillar Samarqand rus drama teatrida aktrisa. Yuqori aktyorlik texnikasi, sahna madaniyati, chuqur psixologik kechinmada ifodalash va kuchli ehtiros Sokolova ijodiga xos. “Irkutsk voqeasi” (A.Arbuzov)da Larisa. “Terezaning tug’ilgan kuni” (G.Mdivani)da Tereza, “qoidasiz o’yin” (L.Sheynin)da Marfa, “o’gay ona” (O.Balzak) da Gertruda, “Vanya tog’a” (A.Chexov)da Marina kabi obrazlar yaratgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz