Kulgili savol, deyishingiz mumkin. Ikkiga kirgan bola ham skripkachi skripka chalayotgan odam ekanini biladi. Bu, albatta, to’gri. Biroq skripka tugul o’yinchoq garmonni chala olmaydigan skripkachilar bo’lar ekan: ular jimitday krablardir. Nar skripkachilar feruza-qizg’ish rang, urg’ochilari anchayin oddiy: och jigarrang bo’ladi. Narlari kalta qisgichlarining biridan faqat ovqat bo’lagini, boshqa — kattasidan esa krabning o’ziday keladigan ovqatni yeyishda foydalanadi. Zo’ryodlari suv pasayib ketgan serbalchiq joyda sayru sayron qilishni xush ko’radi. Balchiqda sayr etarkan, krablar ulkan qisgichlarini to’xtovsiz yuqoriga-pastga, skripka kamonini xayolda jonlantirayotganday ko’tarib tushiradi. Uning nomi ham shundan olingan. Skripkachi ko’p sonli imlab chaqiruvchi krablar oilasiga kiradi. Ularning hammasi urg’ochilarini qisgichlarini imlab chaqiradi. Yuzaki qaraganda, krab qisgichlarini to’xtovsiz siltayotganday tuyuladi. Aslida esa, u panjalarida tik turib, urg’ochisini ko’rgan zahoti imlab chorlaydi. Agar sabotli xushtor o’zining latif harakati bilan juftini asir etsa, jufti unga jajji chiroyli qisgichlarini ochib-yopib peshvoz chiqadi. Narining imo-ishorasi tagida ikki xil ma’no yotadi. Imlash faqat urg’ochisiga qaratilgan bo’ladi. Boshqalari uchun bu harakat: “hudud band, mening uyimga yaqinlashma, yaqinlashsang o’zingdan ko’r”, degan ma’noni anglatadi. Haqiqatan ham in atrofiga allaqanday bezbet krab yaqinlashsa, narlari o’rtasida rosmana janjal chiqadi. Raqiblar katta qisgichlarini ishga solib, bir-birini loydan chiqarib o’zidan yiroq otib yuborishga tirishadi. Yutib chiqqan krab quvonganidan raqsga tushib ketadi. Bordiyu biror urg’ochisi urushayotganlar yonidan o’tib qolsa, u to’xtab, jang natijasini kutib turadi va jasoratli janjalkash, raqqos bilan birga yashashga rozi bo’ladi. Boshqacha bo’lishi mumkinmi? G’olibning raqsi — bu urg’ochisiga qaratilgan uzun, otashin va ishonchli so’zdir.
Manba
Mo’jiza kitobning 1-jildi
Sun'iy intellekt javobi:
Skripkachilar — skripka chaladigan musiqachilar yoki skripka chalish san’atini biladigan odamlar. Skripka — torlar orqali tovush chiqaradigan musiqiy asbob bo‘lib, u odatda jismoniy holatda cho‘zilgan yog‘ochdan tayyorlanadi va cho‘tkacha yordamida chaliladi. Skripkachilar orkestrda, kvartetda yoki yakka tartibda skripka chalib, turli musiqiy asarlar, klassik va zamonaviy musiqalarni ijro etadilar.
Skripka chalish san’ati yuqori mahorat va texnikani talab qiladi, chunki skripkada aniq ovoz chiqarish uchun barqaror barmoqlarning pozitsiyasi, cho‘tka usuli va boshqalar muhimdir. Skripkachilar ko‘pincha musiqiy ta’lim oladi, skripka chalish texnikalarini o‘rganadi va doimiy ravishda mashq qiladi.
Skripka ko‘plab musiqiy janrlarda, jumladan klassik musiqa, xalq musiqasi, jazz va hatto zamonaviy musiqada qo‘llaniladi. Shu sababli, skripkachilar har xil turdagi musiqiy guruhlarda faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Qisqasi, skripkachilar — bu skripkani professional yoki havaskor tarzda chaluvchi musiqachilar bo‘lib, ular san'at, madaniyat va musiqa rivojiga katta hissa qo‘shadi.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish