SKA Saint Petersburg
SKA xokkey klubi (ruscha: Спортивный клуб СКА) (
SKA Saint Petersburgh va tom maʼnoda
Armiya sport klubi nomlari bilan ham ataladi)
Sankt-Peterburgda joylashgan rus professional xokkey klubi hisoblanadi. „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi Kontinental xokkey ligasining (KHL) Bobrov divizioni aʼzosidir. „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi 2014—2015-yilgi KHL mavsumigacha hech qachon liga finalida qatnashmagan edi. Oʻsha mavsumda „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi "Ak Bars Kazan" xokkey klubi magʻlub etib, Gagarin kubogini qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng, „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi 2017-yilda Magnitogorskning „Metallurg Magnitogorsk“ xokkey jamoasini magʻlub etib, ikkinchi marta Gagarin kubogini qoʻlga kiritdi.
SKA Rossiya davlati nazoratidagi energetika giganti Gazpromga tegishli klub hisoblanadi. Klub oʻzining ulkan boyligidan deyarli barcha rus KHL elita xokkeychilarini 2018-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlariga tayyorlash uchun foydalangan edi. Rossiya milliy xokkey terma jamoasining 1994-yildan beri Olimpiadada oltin medallarini qoʻlga kiritish muvaffaqiyati „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubida tayyorlangan xokkeychilar faoliyati bilan bogʻliq edi.
Tarixi
Klub 1946-yilda oʻzining birinchi mavsumida ishtirok etish uchun Sovet chempionat ligasining yuqori darajadagi klubi sifatida tashkil etilgan. Klubning asl nomi
Kirov LDO (Kirov Leningrad ofitserlar klubi) edi. Keyinchalik klub nomi 1953-yilda
ODO (Tuman ofitserlari klubi), 1957-yilda
SKVO (Harbiy okrug sport klubi) va 1959-yilda Sportivnyi Klub Armii (Armiya sport klubi)ga oʻzgartirildi. Sovet davrida „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi (CSKA Moscow klubi bilan birga) Mudofaa vazirligi sport klublari tizimiga tegishli edi.
Birinchi mavsumda oʻz guruhida oxirgi oʻrinni egallagan LDO keyingi mavsumni oʻtkazib yubordi va 1948-yilda chempionatning ikkinchi darajasiga tushirildi. Klub 1950—1951-yillarda Sovet A darajasiga qaytdi va 1991-yilgacha Sovet ligasining yuqori divizionida qoldi. Klubning oʻsha davrdagi eng yuqori yutuqlari 1968 va 1971-yillardagi Sovet kubogi finallari (birinchisi SSKA Moscow klubiga 7:1, ikkinchisi Moskvaning „Spartak Moscow“ klubiga 5:1 hisobida magʻlub boʻlgan) edi.
„SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi 2015-yilgi Gagarin kubogi pley-off bosqichining final oʻyinida KHL vakili "Ak Bars Kazan" xokkey klubini 4:1 hisobida magʻlub etdi. Shundan soʻng, klub birinchi Gagarin kubogini qoʻlga kiritishga muvafafq boʻldi. Ammo keyingi mavsumda „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi Gagarin kubogini saqlab qola olmadi. Chunki klub konferensiya finalida 2015—2016-yilgi Kontinental kubogi gʻolibi "CSKA Moscow" klubi tomonidan magʻlub etildi.
2016—2017-yilgi KHL mavsumida „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi arenasiga oʻrtacha 11 735 ta tomashabin tashrif buyurdi.
Mukofotlar va kuboklar
Jamoa
Gagarin kubogi Kontinental kubogi Opening kubogi Sovet chempionati ligasi Mavsum oldi
Spengler kubogi Motorola kubogi Puchkov kubogi Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti kubogi Muntazam mavsum natijalari
Oʻyinchilar
Joriy roʻyxat
2022-yil 2-avgust holatiga koʻra[3]„SKA Saint Petersburg team roster“. www.khl.ru. Retrieved 2 August 2022.</ref>;
KHLning barcha vaqtlardagi gollari boʻyicha yetakchilar
Bosh murabbiylar
Manbalar
uz.wikipedia.org