Shuhrat Rizayev (1958)
Shuhrat Rizayev 1958 yil 10 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Madaniyat va sport ishlari vazirligida, Oybek muzeyida, Prezident devoni va Vazirlar mahkamasida, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi xizmat qilgan. Hozirda «Jahon adabiyoti» jurnali Bosh muharriri.
Sh. Rizayevning «Jadid dramasi» (1997), «Jamiyat ko‘zgusi» (hammualliflikda, 2005), «Zavqiy ijodida falklor motivlari» (hammualliflikda, 1987), «Milliy uyg‘onish va o‘zbek filologiyasi masalalari» (1993), «Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti» (hammualliflikda, 2005), «Sahna ma’naviyati» (2000) kabi asarlari chop etilgan.
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz