“SHUHRAT”



“SHUHRAT” — milliy, adabiy, ilmiy, siyosiy gazeta. 1907 yil 1 dekabrdan haftada 2 marta chiqa boshlagan. Sahifalarida xurofotga qarshi maqolalar chop etilgan. Zamona talabiga javob beradigan kadrlar tayyorlash kerakligini targ’ib qilgan. Gazetada rasmiy muharrir Abdulla Avloniy deb yozilsada, ammo amalda unga Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarlik qilgan. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Tursunxo’ja Homidxo’ja o’g’li va shoir Miskin toshkandiylar gazetaning asosiy mualliflari sanalgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz