Сhuchuk oyim sangin madrasasi
Chuchuk oyim sangin madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.
Chuchuk oyim sangin madrasasi 1792—1793-yillarda Naqib guzarida, Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Shohmurod davrida Chuchuk oyim binti Muhammad Shukur toʻqsabo tomonidan bunyod etilgan. Madrasaning yillik vaqf mablagʻi 25 ming tangani tashkil etgan boʻlib, 2 qavatdan iborat boʻlgan. Olga Suxareva maʼlumotlariga koʻra Chuqur guzarida Hakim oyim madrasasi joylashgan va Parfyonov-Fenin xaritasida u Chuchuk oyim madrasasi deb koʻrsatilgan va bu guzarda Boqixon naqib madrasasi ham mavjud boʻlgan. Ushbu guzar XVIII asrgacha Chorbogʻi Boqixon nomi bilan atab kelingan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Ushbu madrasaga oid ikkita vaqf hujjati saqlanib qolgan. Birinchi vaqf hujjatlariga koʻra madrasa Eshon hoji mozori yaqinida joylashgan. Madrasaning gaʼrbi va sharqida koʻcha, shimolida hovlilar, janubida hazrat Eshon qabriga boradigan yoʻl mavjud boʻlgan. Chuchuk oyim sangin madrasasining masjidi va oliy toqlari ham boʻlgan. Ikkinchi vaqf hujjatida madrasa Chuchuk oyim binti Qulmuhammad dodhoh tomonidan vaqf qilingan. Madrasada sovet davrigacha oʻqish davom etgan. Bundan tashqari madrasada faoliyat olib borgan mudarris va talabalar toʻgʻrisida maʼlumotlar ham mavjud. Sadri Ziyo ushbu madrasada 13 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan.
Chuchuk oyim sangin madrasasi 13 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org