Shuber “tugallanmagan simfoniya”sini nega oxirigacha bastalamagan?
Ba’zi paytlarda avomning ijodkor kishilar: yozuvchilar, kompozitorlar, musavvirlarning turmush tarzini tushunishlari qiyin bo’ladi. Ishchilardan farqli o’laroq ular mahsulot ishlab chiqaruvchi mehnat bilan shug’ullanmaydilar, ularning mehnati boshqacha xossalarga egadir. Olmon bastakori Frans Shubert atigi 31 yil yashadi, lekin 600 dan ortiq qo’shiqlar, bir talay ajoyib simfoniyalar va sonatalar, ko’p miqdorda xorlar va kamer asarlar ijod qildi. U o’ta shiddat bilan mehnat qilar edi. Musiqalarining noshirlari esa kam haq to’lashardi. Pul yetishmasligi hamma vaqt ta’qib qilgan uni. Shubert sakkizinchi si-minor simfoniyasi (tugallamagan)ni qachon bastalaganining aniq bir sanasi noma’lum. Asar Avstriya musiqa jamiyatiga bag’ishlangan va Shubert 1824 yilda uning ikki sho’basini tanishtirgan edi. Bundan buyog’iga esa qo’lyozma toki uni venalik bir dirijyor topib olib, konsertda ijro etmaguniga qadar 40 yildan ortiq chang bosib yotadi. Shubert sakkizinchi simfoniyani nega tugallamagani bir umr uning siri bo’lib qoladi. Go’yo u bu asarni tugallash niyatida bo’lgandek tuyuladi, dastlab skersolar to’lasincha bitirilgan edi, qolganlari esa qoralamada qolib ketgan. Ammo nimadir, ehtimol, unga asarni bastalab tugatishga xalal bera oladigan nimadir sodir bo’lganu, simfoniya tugallanmasdan qolib ketgan. Biroq, u shu ko’rinishida ham asl durdonadir.
Manba
Mo’jiza kitobning 3-jildi
Uzpedia.uz