Штутгарт




Shtutgart — Germaniyaning jan.gʻarbiy qismidagi shahar. BadenVyurtemberg yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 581,2 ming kishi (1999). Transport yoʻllari chorrahasi. Nekkar daryosi boʻyidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning yirik sanoat, moliya, ilmiy va madaniyat markazi. Elektrotexnika, radioelektronika, avtomobil sanoati rivojlangan. Dvigatellar, stanoklar ishlab chiqarish, rangli metallurgiya, priborsozlik, kimyo, poligrafiya, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten qurilgan. Universitet, aviatsiya va kosmosga uchish sinov markazlari, galereyalar, muzey bor. Shahar ilk bor 12-asrdagi qoʻlyozmalarda tilga olingan. 12—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Shahar yaqinidagi mineral buloqlar atrofida kurortlar barpo qilingan.

Stuttgart Germaniyaning Baden-Württemberg yerida joylashgan aholi punktidir. Maydoni — 207,36 km. 606 588 nafar aholi istiqomat qiladi (2010). Daimler Crysler, Porsche va boshqa koʻplab katta firmalar makoni.

Geografiyasi



Hududi



Stuttgartning hududi 207,35[1] kmdir. Dengiz sathidan oʻrtacha 245 va 247 m balandlikda joylashgan.

Demografiyasi




Mashhurlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz