SHTREK



SHTREK (nemischa — masofa) — gorizontal yoki bir oz enkaytirib qazilgan yer osti kon inshooti, yer yuzasiga bevosita chiqish yo’liga ega bo’lmaydi. Odatda, foydali qazilma yoki jins qatlamlarining yo’nalishi bo’ylab kavlanadi. Qanday maqsadda kavlanganligi va joylashishiga qarab Shtrek tashib chiqaruvchi, suv oqizuvchi, ventilyasion va ko’tariluvchi (qatlamning ko’tarilishi bo’yicha kavlangan), diagonal (tashib chiqaruvchi Sh.larni o’zaro diagonal bilan bog’laydigan) turlarga bo’linadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz