SHTOLNYA
SHTOLNYA (nemischa) konchilik ishlarida foydalanish uchun belgilangan, yer yuzasiga chiqish yo’liga ega bo’lgan, yon bag’ir bo’ylab qazilgan gorizontal kon inshooti. Suv oqishi uchun biroz qiyalab o’tkaziladi. Shtolnyalar razvedka jarayonida va konni o’zlashtirishda ishlatiladi. Ularning shakli, ko’ndalang kesimining o’lchami va mustahkamlagich tipi tog’ geologiyasi va tog’texnik sharoitlariga qarab tanlanadi. Shtolnyalar maqsadiga ko’ra transportli, shamollatuvchi va suv oqizib chiqaruvchilarga bo’linadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz