SHTIFT



SHTIFT (nemischa ip) (mashinasozlikda) — ikki detalni bir-biriga qo’zg’almas qilib biriktirish uchun ishlatiladigan mahkamlash detali. Tsilindrik (dumaloq) yoki konussimon shakldagi uzunchoq sterjendan iborat. Mustahkam uglerodli po’latdan yasaladi. Shtift biriktiriladigan detallardagi teshiklar orqali tiqib quyiladi (ko’pincha, biriktiriladigan detallar joyiga qo’yib bo’linganidan so’ng teshiklar ikkala detalda bir yo’la ochiladi).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz