Штат Арызона




Arizona  — AQSH janubi-gʻarbidagi shtat. Maydoni 295 ming km². Aholisi 4 mln. Ortiq kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Finiks shahri Markaziy qismi togʻlar (balandligi 3861 m gacha), shimoli-sharqi Kolorado va Xila platolaridan iborat. Bu platolarni Kolorado daryosi kesib oʻtadi. Xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — obikor dehqonchilik va konchilik sa-noati. Asosan paxta ekiladi. Beda, sab-zavot, sitrus ekinlar ham anchagina may-donni egallagan. Chorvachiligi goʻsht-jun yetishtirishga ixtisoslashgan. Kolorado daryosiga yirik GES qurilgan. Mis qazib chiqarishda Arizona AQShda 1-oʻrinda turadi va oltin qazib olish ham katta oʻrin tutadi. Rangli metallurgiya (mis, alyu-miniy), metallsozlik va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Turizm taraqqiy etgan. Arizonada Katta Kanyon milliy parki bor.

Yana q.




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz