Штат Арканзас




Arkanzas (inglizcha: Arkansas, talaffuzi: Arkensoʻ) — AQSH janubidagi shtat, Missisipining oʻng sohilidagi sertepa tekislikda. Maydoni 137,5 ming km². Aholisi 2,4 mln. (1993). Maʼmuriy markazi — Litl-Rok shahri. Qishi iliq, yozi issiq, yogʻin koʻp (1000 mm dan ortiq), tuprogʻi, asosan, qizil, sariq va allyu-vial. Daryo vodiylari va qayirlarida subtropik oʻrmon (sarv, kamed daraxti va boshqalar), qirlarda qaragʻay-dub oʻrmonlari bor. Arkanzasda qattiqyogʻoch tayyorlanadi. Arkanzas (shtat)da aso-san tovar mahsuloti ishlab chiqariladi. Paxta, soya, sholi ekiladi; Arkanzas AQSH dagi asosiy paxtachilik rayonlaridan biri. 626Chorvachilikda goʻsht uchun joʻja boqish (broyler) asosiy urin tutadi. Bok-sit qatlamlarini qayta ishlash boʻyicha AQShda 1-oʻrinda. Oziq-ovqat, oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash, sellyuloza-qogʻoz, kimyo sanoati, radioelektron tovarlar ishlab chiqarish yaxshi yoʻlga quyilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz