Штат Алабама




Alabama  — AQSH shtati, mamlakatning janubida. Yer yuzasining katta qismi tekislik, shimoliy va shimolisharqida Tennessi daryosi kesib oʻtgan Appalachi togʻlarining tarmoqlari bor. Maydoni 133,7 ming km². Aholisi 4,1 mln. kishi (30% negrlar, 1992). Maʼmuriy markazi — Montgomeri sh. Shahar aholisi 55%. Sanoatining asosiy tarmoqlari — qora metallurgiya va metallsozlik. Toshkoʻmir, temir rudasi, boksit qazib chiqariladi. Toʻqimachilik, kimyo (Masl-Shols, Xantsvill) va yogʻoch-qogʻoz sanoati (Chayldersberg) rivojlangan. GESlar bor. Tennessi vodiysida — kimyo va boshqa korxonalar, Xantsvillda aviatsiya-raketa hamda portlovchi moddalar zavodlari bor. Alabamaning asosiy mahsulotlari: broyler joʻjalar (mamlakatda 3-oʻrinda), paxta, tuxum. kramol boqiladi. Dehqonchilikda makkajoʻxori, yer yongʻoq, xashaki ekinlar ekiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz