SHPROTLAR



SHPROTLAR — seldsimonlar oilasining bir urug’i. 6 tacha turi bor. Uzunligi 17-18 santimetr, dimog’ suyagida tishlari yo’q, qorin suzgichlari bir oz oldinda, ko’krak suzgichi esa ancha keyinda joylashgan. Boltiq, O’rta va qora dengizlarda yevropa shproti keng tarqalgan. Uvildirig’ini yanvar—iyul oylarida qirg’oq yaqiniga, 50-100 metr chuqurlikka, suv harorati 16— 17° bo’lgan joylarga tashlaydi. Mayda plankton bilan ozikdanadi. Umri qisqa, 3-4 yil yashaydi. Shprotlar ba’zan kilkalar deb ham ataladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz