Шпанєльскый язык




Ispan tili (ispancha: el español, el castellano) — hind-yevropa tillari oilasining roman tillari guruhiga mansub. U ushbu til sohiblarining soni boʻyicha dunyoda xitoy tilidan keyingi ikkinchi tildir. Dunyo boʻylab 590 million ispan tili sohiblari mavjud. Shuningdek, ispan tili dunyodagi eng koʻp oʻrganilayotgan ikkinchi til boʻlib, uni kamida 22 million talaba oʻrganmoqda. Boshqa manbalarga koʻra, bu raqam 90 mamlakatda 46 million talabadan oshadi. Ispaniya va Lotin Amerikasidagi 19 mamlakatning (Peruda kechua, Boliviyada kechua va aymara, Puerto — Rikoda ingliz tili b-n bir qatorda) rasmiy tili. Filippin va AQSH ning jan.-gʻarbida ham tarqalgan.

Jonli lotin tili asosida shakllangan, koʻp dialektli, lugʻati tarkibida arab tilidan oʻzlashgan soʻzlar anchagina, Ispan adabiy tiliga kastil dialekti asos qilib olingan. Shuning uchun Ispan tili 15-asr gacha "kastil tili" deb ham atalgan. Ispan tiliga oid dastlabki yozuv namunalari 10— 11-asrlarga oid rasmiy hujjatlarda uchraydi. Ispan tili tovush qurilishi uchun 5 unli, diftong va triftonglar xos. Ur-gʻuning oʻrni qatʼiy emas. Ot va sifat turlanmaydi, jins va son kategoriyalari, artiklning 3 turi (aniq, noa-niq va nol) mavjud. Faqat kishilik olmoshlarigina turlanadi. Gapda soʻzlar tartibi nisbatan erkin. Yozuvi lotin alifbosi asosida.

Ispan tili — BMTning olti rasmiy va ish yuritish tilidan biri. U shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Amerika davlatlari tashkiloti, Janubiy Amerika xalqlari ittifoqi, Lotin Amerikasi va Karib dengizi davlatlari hamjamiyati, Afrika ittifoqi, Janubiy umumiy bozor va boshqa koʻplab xalqaro tashkilotlarda rasmiy til sifatida qoʻllaniladi.

Yana q.




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz