SHOXILAK
SHOXILAK – sho’radoshlar oilasiga mansub butacha. Bo’yi 15-75 santimetr, barglari yaxshi rivojlanmagan, gullari ikki jinsli, gulyonbargchalari yo’q, gulqo’rg’oni 4 tishchali, changchisi 2 ta, to’pguli tig’iz, qalami, tsilindrsimon yoki ovalsimon, seret boshoqdan iborat. Mevasi yumaloqovalsimon. Urug’i tuksiz, silliq. Shoxilak iyul—avgustda gullab meva beradi. O’zbekistonda taqir va sho’rxok yerlarda keng tarqalgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz