“Shoh ham, gado ham bir qutiga solinadi”





Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aqlda ham shunday holat yuz beradi. Leonardo Da Vinchi

* * *

Men hali ham faqir faqirligidan uyalmaydigan, balki boy boyligi bilan faxrlanishdan uyaladigan jamiyatni orzu qilaman. Jubron Xalil Jubron

* * *

Odamlarga har qancha ishonsang ham sirlaringni o‘zingda qoldir! Najib Mahfuz

 * * *

Onam bilan boshqalarning orasidagi farq shuki, boshqalar meni mahzun holda ko‘rmaslikni orzu qiladilar. Ammo onam mendan mahzunlikni o‘ziga olishni orzu qiladi. Mahmud Darvesh

* * *

Shahmatda o‘yin tugagandan keyin shoh ham, piyoda ham bir qutiga solinadi. Anis Mansur

* * *

Agar dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lsang, bu ishni uylanishdan oldin qil! Uylangandan keyin televizordagi kanalni o‘zgartira olsang, shuning o‘zi dahshatli g‘alaba hisoblanadi. Doktor Ibrohim Sharqoviy

* * *

Boshqalardan afzal bo‘lishni emas, avvalgi holingdan afzalroq bo‘lishni xohla! Aqllar boshqalar bilan mashg‘ul bo‘lganda kichrayib, o‘z sohibi bilan mashg‘ul bo‘lganda kattalashadi. Vilyam Shekspir

* * *

Inson gapirishni o‘rganishi uchun ikki yilga muhtoj bo‘ladi. Jim turishni o‘rganishi uchun esa, ellik yil kerak. Ernest Xeminguey

* * *

Agar itning qo‘mondonligida yuzta sherdan iborat qo‘shin tuzilsa, sherlar urush maydonida itlar kabi o‘ladi. Agar sherning qo‘mondonligida yuzta itdan iborat qo‘shin tuzilsa, barcha itlar sherdek jang qiladilar. Napoleon Bonapart

* * *

Agar yoqtirmaslik, nafrat degan narsalarning elektrga aylanishi mumkin bo‘lganda, butun dunyoning yorug‘ bo‘lishiga kifoya qilgan bo‘lardi. Nikola Tesla

* * *

Muhabbat umrda bir marta keladi. Yoqtirish esa, bir necha marta. Sen bularning orasini aralashtirma, tag‘in nadomat qilib yurmagin. Mark Tven

* * *

Qushlar kabi havoda uchishni o‘rgandik. Baliqlar kabi dengizlarda suzishni o‘rgandik. Lekin hozirgacha yer yuzida aka-ukadek yashashni o‘rganmadik. Martin Lyuter King

* * *

Yaxshilar mas’uliyat bilan ish qilishlari uchun qonunlarga muhtoj bo‘lmaydilar. Yomonlar qonunlarga chap berish uchun yo‘l topadilar. Aflotun

* * *

Eshiklar har qancha katta bo‘lmasin, ularning kaliti kichkina bo‘ladi. Charlz Dikkens

Nozimjon Hoshimjon tayyorladi



Uzpedia.uz