Шлезиски јазик




Silez tili (silezcha: ślůnsko godka, ślůnski) Polsha, Chexiya va Olmoniya hududida joylashgan Sileziya mintaqasi aholisi tilidir. 2002-yil maʼlumotlariga koʻra 509 ming kishining ona tili silezchadir, biroq uni tushunadiganlar soni 1 250 000 atrofida ekanligi taxmin qilinadi.

Silez tili polyak tiliga yaqin boʻlganligi uchun baʼzi tilshunoslar uni polyakchaning bir shevasi, deb hisoblashadi.

Alifbosi



Hozirda silez tilining yagona alifbosi yoʻq. Odatda polyak alifbosi harflaridan foydalaniladi. Biroq 2006-yili silez alifbosi ishlab chiqishga harakat qilindi. Bu alifboning harflari quyidagilardir:

Aa Bb Cc Ćć Čč Dd Ee Ff Gg Hh Ii Jj Kk Ll Mm Nn Ńń Oo Pp Rr Řř Ss Śś Šš Tt Uu Ůů Ww Yy Zz Źź Žž

Va baʼzi digraflar: Ch Dz Dź Dž.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz